Muftiy, bu murojaati ijtimoiy tarmoqlardagi aynan bir domlaga qaratilmagani, balki jamiyat uçun umumiy ekanini ta’kidladi. Şuningdek, bu şaxsiy fikrlar emas, balki Musulmonlar idorasi ulamolarining fatvosi ekani ma’lum qilindi.

«Keyingi paytlarda dilni xira qiladigan foydasiz tortişuv va nizolar ham avj oldi. Bu kabi tortişuvlar insonni foydali ilm olişdan uzoqlaştirib, umrini behuda ötkazişiga sabab böladi. Eng yomoni uşbu tortişuvlar diniy mavzular atrofida bölayotganidir. Ijtimoiy tarmoqlarni körsangiz: diniy mavzularda tortişuvlar, diniy mavzuda munozaralar köpayib ketdi. Va albatta bu odamlar orasida turli tafriqalarga, tuşunmovçiliklarga sabab bölmoqda», – deydi muftiy.

Şuningdek, ba’zi ahli ilmlarni voqelikka qaramay, turli gaplarni aytişlari ustoz körmasdan, diniy ilmlarni yaxşi özlaştirmay din nomidan gapirayotganlarning «fatvolari» juda katta fitnalarni keltirib çiqarayotgani ta’kidlandi.

«Bularning bu gap-sözlaridan keyin juda köpçilikning ongida dinga, xususan, ahli ilmlarga nisbatan salbiy fikr paydo qilişiga sabab bölmoqda. Göyoki mana şuni gapirayotib xato qilgan domlalar bular xuddi göyo din mana şular deb, tuşunib qolinyapti. Barça ahli ilmlar mana şunday deb öylab qolinyapti. Natijada ular qatorida Allohning diniga xolis xizmat qilayotgan taqvoli, parhezkor, olim ustozlar ham öşalar qatorida körinib qolmoqda. Bu juda katta musibat.

...Qur’oni karimning «Nahl» surasi 125-oyatida Alloh şunday marhamat qiladi:

«Robbingning yöliga hikmat va yaxşi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila gözal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing Öz yölidan adaşganlarni öta bilguvçi va hidoyat topguvçilarni ham öta bilguvçidir».

Uşbu oyati karima Alloh haq azza va jallaning bizga da’vat qiliş uslubini örgatgan ta’limi. Uşbu oyatda Alloh Rasulimiz sollallohu alayhi va sallamni insonlarni da’vat qilişda mazkur uç sifatga amal qilişga buyurmoqda. Uçta sifat: Allohning yöliga çaqirişda hikmat, mav’izai hasana va ular bilan çiroyli (mujodala) muomala qilişga çaqirilmoqda. Oyatdagi «ba» harfi arab tili qoidalarida «mulobasa» deyiladi, ya’ni «hamroh böliş» (ma’nosida). Agar biz oyatni şu qoidaga muvofiq tarjima qiladigan bölsak, mana şunga köra, Alloh yöliga çaqiruvçi kişiga ikki sifat: hikmat va gözal mav’iza hamroh bölmoği lozim degan ma’no çiqadi. Şunda mazkur sifatli insonning sözi ötkir, ta’siri doirasi kuçli böladi. Qaçonki hikmat va mav’izai hasana bölganda. Uşbu oyatga e’tibor qaratadigan bölsak, Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga va’z qiliş uslubini örgatmoqda. Va’z-nasihat qilayotgan kişi, avvalo vaziyatni töğri baholaşi va unga muloyimlik va hikmat bilan yondaşmoği kerak. Şunda maqsadga muvofiq iş qilingan böladi.