Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda pasporti olib qo‘yilgan o‘zbekistonliklarga hujjati qaytarildi
Sankt-Peterburgda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning hujjatlari qaytarib berildi.
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish obektlarida ish beruvchi ularning pasportlarini olib qo‘ygani to‘g‘risida murojaat qilgan.
Muammoga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazilib, Rossiya amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan va fuqarolarning pasportlari o‘z egalariga qaytarilgan.
Fuqarolarga Rossiya hamda O‘zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va’dalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgani aytiladi.
Bundan oldin Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqarolarga hujjati va oylik maoshlari berilgandi.
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
12:48 / 10.09.2025
Qurilish qonuniyligi qanday tekshiriladi?
23:22 / 07.09.2025