17:21 / 29.09.2022
4188

BeeLab O‘zbekiston Markaziy bankidan litsenziya oldi

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan'ning shu’ba korxonasi, IT-park rezidenti va kompaniyaning shaxsiy digital mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «BeeLab» MChJ to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya egasiga aylandi. Bu digital operator o‘z mijozlariga taqdim eta oladigan moliyaviy va to‘lov xizmatlarini kengaytirish yo‘lidagi yana bir qadamdir.

To‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan berilgan. Bu kompaniyaga Beepul mustaqil to‘lov xizmatini rivojlantirish imkonini beradi.

– Biz uchun bu O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar va xizmatlar bozoridagi ishtirokimizni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Endi biz ko‘plab hamkorlar bilan ishlay olamiz va boshqa to‘lov xizmatlaridan mustaqil bo‘lamiz”, — dedi Beelab'ning bosh direktori Ernest Rzayev. 

Beepul mobil ilovasida ta’lim, sug‘urta, tibbiy xizmatlar, mobil aloqa, internet yoki elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tezda amalga oshirishingiz mumkin.

“Biz eng qulay, ekologik toza va intuitiv ekotizimni yaratishga intilamiz, shunda mijozimiz Beeline Uzbekistan'ning oddiy va ishonchli xizmatlaridan foydalanishi, bu orqali o‘z kundalik hayotida vaqt, pul va kuchni tejash imkonini beradi”, — dedi Beeline Uzbekistan'ning digital texnologiyalar bo‘yicha direktori Tilek Axmatov. – Maqsadimiz g‘oyadan tayyor mahsulotgacha O‘zbekistonda to‘liq yaratilgan o‘z raqamli xizmatlarimizni, to‘lov tizimimizni va boshqa ilovalarimizni ishlab chiqishdir.

Bugungi kunda Beepul ro‘yxatida 500 dan ziyod to‘lov xizmatlari mavjud, shuningdek, bank rekvizitlari va boshqa xizmatlar orqali to‘lash imkoniyati mavjud. Ilovaning to‘liq funksiyasini Play Market/AppStore’da Beepul'ni yuklab olish orqali ko‘rish mumkin. Ilova O‘zbekiston Respublikasining istalgan uyali aloqa operatorlari abonentlari uchun mavjud. 


Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Beeline aloqa operatorining tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi Ⓣ 

Top