Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV va Madaniyat vazirligi ochiqlikka oid hujjatlar ijrosi bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan - Senat
Senat Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarining Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklaridagi ijro holati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ushbu vazirliklar markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash borasida qilingan ishlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar ham mavjud.
O‘rganish davrida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy veb-sayt bosh sahifasida “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limi tashkil etilmagani aniqlandi. Vazirliklar rasmiy saytlarida xizmat safarlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq ochiqlanmagan. Budjet jarayoni ochiqligini ta’minlash ishlari talab darajasida emas.
Vazirliklar saytlarida ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini e’lon qilish masalalari bo‘yicha mas’ul xodim va uning aloqa ma’lumotlari aks ettirilmagan. Tahlillarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ochiq ma’lumotlar portali (data.egov.uz)da joylashtirilgan 74 ta ma’lumot to‘plamlaridan 48 tasi eskirgan.
Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotlari, davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida tashkil etiladigan xarid komissiyalari xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qarorlar, tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda ijrosi, obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, vazirlik tasdiqlangan yarim yillik va yillik ish rejalari hamda vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlar natijalari haqidagi axborot saytda joylashtirilmagan.
Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yil 1 apreliga qadar o‘tkazilishi lozim bo‘lgan matbuot anjumani vazirlik tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilmagan. Vazirliklar hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida axborot xizmatlari faoliyati ko‘zga tashlanmayapti. Hududiy boshqarmalar tomonidan tizimli ravishda ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqot tashkil etish ishlari talab darajasida emas.
Vazirliklar bir qator hududiy boshqarmalari internet va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha matbuot anjumanlari va brifinglar o‘tkazmagan. Madaniyat vazirligi hududiy boshqarmalarida bu kabi holatlar yuzasidan doimiy axborot berib borish uchun saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Vazirlik tomonidan mansabdor shaxslar xizmat safari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar to‘liq ochiqlanmagan.
O‘rganish va tahlillarda vazirliklar, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilmagan. Majlisda qo‘mita a’zolari tomonidan vazirliklar faoliyat ochiqligini ta’minlash ishlariga jiddiy e’tibor qaratishi lozimligi qayd etilib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.
Mavzuga oid
12:23 / 27.06.2026
O‘zbekistonda 425 ta tashkilot jamoat ahamiyatiga molik deb topildi
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
14:17 / 25.03.2026