Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat» bir yo‘lovchi tashish uchun qancha xarajat ketishini ma’lum qildi
«Toshshahartransxizmat» AJ avtobus saroylari faoliyatining 2022 yil iyul oyi yakunlari bo‘yicha bir yo‘lovchi tashish uchun shakllangan xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bunda tashilgan yo‘lovchilar soni 9,77 mlnni tashkil qilgan. Avtobuslar yo‘nalishlarda yurgan masofasi - 6 008,4 ming km.
Jami xarajatlar - 44 492,7 mln so‘m. Amaldagi yo‘lkira tarifi - 1400 so‘m. 1 yo‘lovchi uchun xarajatlar - 4 554,0 so‘m, 1 km uchun xarajatlar - 7 405,1 so‘m.
Bundan oldin Toshkentda bir oyda eng ko‘p yo‘lovchi tashilgan avtobus yo‘nalishlari aytilgandi.
«Toshshahartransxizmat» jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar sonini ochiqlagandi (1-31 avgust holatiga ko‘ra). Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar: 131-sonli yo‘nalish - 224 164, 58-sonli yo‘nalish - 189 414, 116-sonli yo‘nalish - 163 283.
Mavzuga oid
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
15:59 / 08.01.2026