O‘zbekiston | 19:55 / 29.09.2022
5569
3 daqiqa o‘qiladi

UzAuto: «Avtosanoat korxonalari Global Innovation Index'da mamlakat reytingini yaxshilashga hissa qo‘shmoqda»

Foto: UzAuto

Global Innovation Index jahon reytingida mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekistonning shov-shuvli 7-o‘rni iqtisodiyot rahbarlari e’tiboridan chetda qolmadi. Haqiqiy sektorda mehnat sharoitlari bo‘yicha tez-tez muhokamalar fonida nufuzli manbadan berilgan bunday yuqori baho hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

E’lon qilingan hisobot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston reytingga kiritilgan 132 mamlakat orasida 82-o‘rinni egalladi. 2015 yilda mamlakatimiz 122-o‘rinda edi va shu tariqa yetti yil ichida birdaniga 40 pog‘onaga ko‘tarildi. Reyting 81 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, ularning ba’zilariga ko‘ra O‘zbekiston allaqachon dunyoning eng yaxshi mamlakatlari qatoriga kiradi. Bu, masalan, mehnat unumdorligi (7-o‘rin), biznesni qo‘llab-quvvatlash (22-o‘rin), universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik (29-o‘rin) va boshqa bir qator ko‘rsatkichlarga tegishli.

“Bugungi kunda Global Innovation Index yillik natijalari sarhisob qilinib, unda O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim maqsadlaridan biri sifatida hurmatli prezident tomonidan e’tirof etilgan. UzAuto uchun muhim ko‘rsatkichlar – masalan, biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosati, universitetlar va sanoat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik-mamlakatimiz allaqachon dunyoning eng yaxshi 30taligiga kiradi va mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati bo‘yicha global reytingda 7-o‘rinni egallaydi. Ishonch bilan ayta olamanki, avtomobilsozlik korxonalari ushbu ko‘rsatkichga katta hissa qo‘shmoqda", – deydi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi Shavkat Umrzoqov.

Global Innovation Index – bu AQShning Kornell universiteti, INSEAD fransuz biznes maktabi va jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tadqiqot. Reyting Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2019 yil 19 dekabrda qabul qilingan barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar to‘g‘risidagi qarorda qayd etilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov: “2022 yilgi hisobot «Innovatsion rivojlanishning kelajagi» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu biz uchun ayniqsa muhimdir, chunki respublikadagi barcha joriy islohotlar va o‘zgarishlar kelajakka qaratilgan. Bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston nafaqat makromintaqada, balki global darajada ham yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi. Bunga ilm-fan va muhandislik sohalarida bitiruvchilar sonining dinamikasi misol bo‘la oladi, bu yerda biz sensatsion ravishda dunyoda oltinchi o‘rinni egalladik. Bunday misollar juda ko‘p va biz ularni yanada ko‘paytirish ustida ishlashni rejalashtirmoqdamiz.

Reklama

Mavzuga oid