Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar ayirboshlash hajmini yanada oshiradi
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Qirg‘iziston elchisi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligini qayd etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Qirg‘izistonning mamlakatdagi elchisi Musa Jamanboyev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligini yanada rivojlantirish, oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotlarni davom ettirish, ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlik savdo-iqtisodiy yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik sub’yektlari va ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Tomonlar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik dolzarb jihatlariga to‘xtalib, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.
Mavzuga oid
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
16:35 / 15.06.2026