Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida bojxona sohasida xalqaro shartnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi 2022 yilning 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Saudiya Arabistoni hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasida xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani Saudiya tomoniga yuborish nazarda tutilgan.
Qaror loyihasi imzolanishi natijasida:
- bojxona xizmatlari o‘rtasida bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi oldini olish, ularga chek qo‘yish, bojxona yo‘nalishida zarur bo‘lgan axborot almashish bo‘yicha hamkorlik qilish;
- bojxona xizmatlari bir-birlariga bojxona sohasida o‘zaro texnik yordam ko‘rsatishi;
- bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish;
- nazorat texnik vositalaridan foydalanish bo‘yicha axborot va tajriba almashish;
- bojxona mutaxassislari o‘zaro tashriflarini o‘tkazish;
- O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, bojxona to‘lovlari to‘g‘ri hamda to‘liq hajmda undirilishi, bojxona huquqbuzarliklariga qarshi kurash samaradorligini oshirish, ikki davlat bojxona xizmatlari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish;
- bojxona qonunchiligi qoidalari va tartiblari bo‘yicha professional, ilmiy va texnik ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish imkoni yaratiladi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026