O‘zbekiston | 13:08 / 30.09.2022
3116
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga kirish vizasini tayyorlab berishni va’da qilgan shaxs 7,5 ming dollar bilan ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Xorijlik fuqarolarga viza tayyorlab berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro L.M. boshqa bir fuqaro Yu.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 500 AQSh dollari evaziga uning tanishlari bo‘lgan 3 nafar xorij fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizasini tayyorlab berishni va’da qilib, jami 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid