Rossiyadan çiqib ketayotganlar oqimi yangi gumanitar falokatni yuzaga keltirdi: çegaralardagi uzun navbatlarda odamlarning asabi doş bermayapti, yiğib qöyilgan sönggi pullar uy-joy, transport va poraga sarflanmoqda. Şu bilan birga, safarbarlikdan qoçayotganlarga yordam beriş uçun önlab köngilli taşabbuslar paydo bölgan.
Foto: OLGA IUNASHEVA/EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCKFoto: OLGA IUNASHEVA/EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK
«Biz özimizning mahalliy ruslarni taniymiz. Yangi kelganlarni esa sumkalari, portfellari, jomadonlaridan ajratib olamiz». Qozoğistonning Uralsk şahrida yaşovçi Sijo qayerga borişni bilmayotgan rossiyaliklarni izlab qatorasiga uç kundan beri köçaga çiqmoqda.
Ğarbiy Qozoğistondagi 200 ming aholiga ega Uralsk şahri Rossiyaning Yevropa qismidan qoçayotganlar uçun asosiy tranzit nuqtasiga aylandi. Safarbarlikning dastlabki uç kunida bu yerga deyarli 17 ming rossiyalik ötdi – bu mamlakatni tark etayotganlarning taxminan 20 foizi.
Sijo Uralskda «Arena» kompyuter klubi egasi bölib, har kuni u yerda safarbarlikdan qoçgan qirqqa yaqin odam tunab qoladi.
«Odamlar 30-40 kilometr masofani piyoda bosib ötişgan, tuşkun kayfiyatda, heç narsaga kuçi qolmagan. Bu joyda bepul vay-fay bor, qarindoşlarga qönğiroq qiliş, kvartira izlaş mumkin. Administratorlar ularni öz hisobidan somsa bilan mehmon qilişadi», deydi u.
«Qanday qilib yordam bermaslik mumkin? Rahmim kelyapti»
Rossiya va Qozoğiston örtasidagi çegara qariyb sakkiz ming kilometrga çözilgan. Uni bir neça önlab punktlarda kesib ötiş mumkin. Ularning köpçiligida bir neça kilometr uzunlikdagi navbatlar paydo böldi, odamlar unda sutkalab kutişga majbur.
«Bu joy – daşt, bu yerda heç narsa yöq. Hojatxona, skameyka, devor, bekat, umuman heç narsa yöq. Şunçaki dalaning örtasida turasiz. Doim şamol esadi», deydi dizayner Grigoriy.
U rafiqasi bilan «Vişnyovka» nazorat-ötkaziş punktida öttiz soatdan ortiq vaqt navbatda turganidan söng Qozoğistonga kirişga muvaffaq böldi. «Tun tuşgaç, tartibsizlik boşlandi. Heç kim navbatsiz oldinga ötib ketmasligi uçun yöl çetida galma-gal uxlab oldik. Odamlarga rahmat, körpasini berib turişdi, aks holda muzlab qolardik», deydi u.
Uralskda Rossiyadan kelganlarga mahalliy kinoteatr va kompyuter klublaridan boşpana berilmoqda
Uralskdagi kompyuter klubi egasi Sijo «huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlari bilan doimiy aloqada». Ular Sijoga qönğiroq qilişadi, joy bor yoki yöqligini söraşadi va rossiyaliklarni olib kelişadi. «Özim ham tonggi soat 6 da vokzalga borib, 20 kişini olib keldim», deydi u.
Mavzuga oid
Sijo ularga tunaş uçun joy taklif qilganida, ba’zilari şubha bilan qaragan. «Qörqmanglar, sizni xavf ostida qoldirmaymiz, yordam beriş qonimizda, mentalitetimizda bor», dedi ularga Sijo.
«Köçama-köça yurişyapti, boşpana topa olişmayapti, lekin yordam söramaydilar. Biz yordam taklif qilsak, hayron bölişadi», deydi Uralskdagi Cinemapark kinoteatri direktori Dilora Muxambetova.
Safarbarlikning uçinçi kuni, şanba soat 22:00 da u özining kinoteatri joylaşgan City Center savdo markazi xöjayiniga qönğiroq qildi. «Vaziyat şunday, keling tunda bu joyni bepul boşpanaga aylantiraylik», dedi. U rozi böldi va hatto keça-yu kunduz qöriqlovçi xodimlar bilan ta’minladi.
Hozir har keça kinoteatr zalida 200-250 kişi tunamoqda. «Kimda körpa bölsa, polga töşab olişadi. Ba’zilar örindiqlarning tutqiçini pastga tuşirib, uzunasiga yotişadi. Köngillilar ovqat va issiq içimliklar olib kelişadi».
Rossiyaliklar tunab qoladigan kompyuter klubi
Har kuni Uralskdagi «Tri peskarya» tamaddixonasida 50-70 kişiga bepul «issiq ovqat, salatlar, çoy, pişiriqlar» tarqatilyapti.
«Könikib qoldik, axir muammo sodir bölsa, yordam beriş kerak», deydi tamaddixona ma’muri Larisa.
«Köplab odamlar uy hayvonlari bilan köçib kelgan, ular kvartirani ijaraga olişda qiynaladi. Lekin biz uy hayvonlari bilan ham qabul qilamiz», deydi «Ya xoçu jit» boşpanasi rahbarlaridan biri Oleg Maksimov. Uralskdan 85 kilometr uzoqlikda bu joyda ham rossiyaliklar tunab qolişyapti.
«Qanday qilib yordam bermaslik mumkin? Rahmim kelyapti». 62 yoşli Zabira Ayupova Uralskdagi gumanitar falokat haqida jiyanidan eşitdi. Ikki dugonasi bilan birga «bolalar uçun möljallangan issiq körpa, oziq-ovqat mahsulotlari»ni sotib olib, vokzalga çiqdi. U yerda homilador ayolni eri bilan uçratib qoldi, ularning boradigan joyi yöq edi. Tunab qoliş uçun bir xonali kvartirasiga kiritdi.
Zabira ertasi kuni vokzalga bora olmasligi, bemor singlisiga qarab turişi lozimligini aytdi. «Lekin dugonamga pul berib yubordim, u vokzalga boradi», dedi. Ayol Qozoğiston qoçqinlarni qanday kutib olganidan mamnun ekanini bir neça bor ta’kidladi.
Uralsklik 21 yoşli Nastya yordamga muhtoj ba’zi rossiyaliklarga nisbatan qöpollik qilinayotganini ijtimoiy tarmoqlarda körib «deyarli baqirib yiğlagani»ni aytadi. U köngillilar guruhi bilan birgalikda Uralsk şahriga eng yaqin bölgan nazorat-ötkaziş punktiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beryapti va çegaradan ötganlarni şaharga bepul olib boryapti. Nastyaning sözlariga köra, bir marta köngillilarga «kirakaşlar taşlanib qolgan», çunki ular «noni tortib olinayotgani»dan darğazab bölişgan. Çegaraçilar köngillilarni himoya qilişgan.
Uralskdan deyarli ikki ming kilometr şarqda joylaşgan Qozoğiston poytaxti Astana şahrida yaşovçi Aynura 4 oylik çaqaloği bor oilaga boşpana berdi. «Rossiyaliklarga yordam beriş uçun oçilgan çatda ularni körib qoldim. Bu yerda ham kvartiralar, xonalar, yotoqxonalar qolmagan – hammasi tölgan. Albatta, ba’zilar bundan daromad olmoqçi böladi, lekin bu ularning vijdoniga havola».
Safarbarlik e’lon qilingandan söng, moskvalik Aleksandra ijtimoiy tarmoqda şunday deb yozdi: «Yigitlar, maşinangizda çegaragaça olib borişga, keyin uni haydab, orqaga qaytarib kelişga tayyorman». U bilan darhol tanişi boğlandi. Şu kuni keçqurun Aleksandra, uning sobiq sinfdoşi va yana ikki erkak Qozoğiston tomon yölga çiqişdi.
Birinçi nazorat punktiga yetib boriş uçun qariyb bir kun vaqt ketdi. Reja şunday edi: yölovçilar tuşib, navbatga turişadi. Aleksandra maşinada tunaydi va ortga qaytadi. Biroq, vaziyat murakkab ekani tezda ayon böldi. Navbat deyarli qimirlamasdi. Şunda ortga qaytişga qaror qilişdi.
Qöşni nazorat-ötkaziş punktida vaziyat bundan ham badtar edi. Yuk maşinalari navbati önlab kilometrga çözilgan, piyoda boriş uçun masofa juda uzoq edi.
«Men qarama-qarşi yönalişda harakatlana boşladim, juda qörqinçli böldi. Yuk maşinalari haydovçilari navbatsiz ötkazmaslik uçun temir bölaklari, tayoqlar bilan tahdid qila boşladilar».
Yakunda Aleksandra yigitlarni «Tyoploye» nazorat-ötkaziş punktida tuşiradi, ular çegarani muvaffaqiyatli kesib ötişadi.
«Yigitlar bilan xuddi qarindoş-uruğ bölib qolgandek xayrlaşdik».
Aleksandra Moskvaga qaytdi va biroz dam olib, keyingi guruhni çegaraga yetkazib qöyişni rejalaştirmoqda.
Köngillilar Rossiyani tark etiş uçun çegarada bir neça kun navbatda turganlarga yordam bermoqda
Aleksandraning ijtimoiy tarmoqdagi e’lonini körgan Farrux bunday yöl bilan köplab odamlarni evakuatsiya qiliş mumkinligini tuşundi. U Moskvadagi moda muzeyining sobiq xodimi.
Natijada, «Jyenşçiny vyvozyat» (Ayollar manzilga yetkazişadi) çati paydo böldi. Hozir unga 700 dan ortiq odam a’zo. Farrux yölovçilar va rulga ötirişga tayyor qizlarni koordinatsiya qiliş bilan şuğullanadi.
«Ayollar ularni manzilga yetkazişadi, men taşkilotçilik qilaman, çunki ularning vaqti yöq. Menda esa vaqt, motivatsiya va gumanitar sohada işlaş tajribasi bor», deb tuşuntiradi u. Bundan taşqari, u «xavfsiz joyda» yaşamoqda: mart oyidayoq Rossiyani tark etib, Gruziyadan qönim topgan. Reshim xayriya loyihasida işlayapti.
Buryatiya Ukrainada halok bölgan harbiylar soni böyiça ikkinçi örinda, bu yerda safarbarlik ommaviy reydlar bilan boşlandi. Hududdan evakuatsiya qiliş haqidagi çatda beş yarim mingga yaqin odam bor. Ularning aksariyati «Svobodnaya Buryatiya» jamğarmasi köngillilaridan yordam olgan, deydi uning asosçisi Aleksandra Gamarjapova.
«Biz haydovçilarni izladik, yölkira uçun pul töpladik, önta avtobus taşkil qildik, ular allaqaçon töldi. Dunyoning turli burçaklaridagi millatdoşlar mablağ bilan yordam qilişdi».
Rossiya tarkibidagi Yoqutiston, Qalmiqiya va Tuva respublikalari aholisini olib çiqişda Asians of Russia jamğarmasi ham yordam bermoqda. Aynan şu hududlarning juda köp aholisi safarbarlikka çaqirilgandi.
Har ikki taşkilot Möğuliston va Qozoğistonda yangi kelganlarni kutib olmoqda. Ularga uy-joy topişda, hujjatlarni rasmiylaştirişda yordam bermoqda. «Bir jurnalist Qozoğistondagi buryatlarni körib: «Hatto Buryatiyada ham bunçalik köp buryatni körmagandim», degan edi», deb hazil qiladi Gamarjapova.
Gruziya bilan çegarada odamlar tirbandlikdan piyoda ötişga harakat qilmoqda
Foto: OLGA IUNASHEVA/EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK
Grigoriy Sverdlin sönggi 10 yil davomida «Noçlejka» taşkilotiga rahbarlik qildi. U mart oyidayoq Rossiyani tark etgan va hozirda safarbarlikdan qoçayotganlarga yordam bermoqda.
U yaqin kunlarda «Idite lesom» xizmatini işga tuşirmoqçi. Köngillilar mamlakatni tark etişning xavfsiz yöllari, çaqiruv qoğozidan yaşiriniş mumkin bölgan joylar haqida maslahat berişadi, çipta uçun pul bilan yordam körsatişadi, deydi loyiha vakili. «Jamoamiz kiçkina, beş kişi, lekin baxtimizga işçan odamlar – köngillilar köp. Ularni töplayapmiz, ijtimoiy tarmoqlar, xususiy radiolar orqali e’lon beryapmiz».
«Men darhol tuşundim: «Gazel» olişimiz kerak ekan»
«Atrofda çiqindi uyumlari, peşobning qölansa hidi – şaroit yöq joyda bir neça kun yaşaşning oqibatlari şunday. Bularning barçasi gözal Kavkaz va muzdek suvli Terek daryosi vodiysi fonida», deydi Konstantin. Unga omad kulib boqdi – «Verxniy Lars» punktidan Gruziyaga ötişga muvaffaq böldi.
Vladikavkazdan «Lars»ga olib boruvçi yölda politsiyaning köplab postlari qöyilgan, boşqa hudud raqamiga ega maşinalar ularga pora berişga majbur. Keyin köp kilometr masofaga çözilgan maşhur tirbandlik boşlanadi. Sovuq. Minglab motorlar odamlar isinib olişi uçun benzinni yoqmoqda, asablar tarang.
Rossiya-Gruziya çegarasidagi köp kilometrli tirbandlik
Kun davomida huquqşunos Nino öz maşinasida nazorat-ötkaziş punktidan Gruziyaning Stepansminda qişloğidagi kafe tomon yigirmadan ortiq marta borib-keladi. «Çegaradan keyin yöl tepaga qarab keskin kötariladi, hamma ham buni velosipedda yoki piyoda bosib ötolmaydi».
Keçagi kunga qadar «Lars»ni piyoda va har qanday transport vositasida kesib ötiş mumkin edi – hatto velosipeddan tortib giroskutergaça. Köpçilik tirbandlikda qolib ketmaslik uçun şunday qilişdi.
Ninoning sözlariga köra, har xil odamlar uçramoqda. Masalan, Rossiyaning markaziy qismidan velosipedda yetib kelgan tajribali sayyohlar. Yoki samokatdagi tört yoşli bolasi bilan kelgan ota. Dastlab ular onasi bilan birga edi. Yaqinda öğlining tuğilgan kuni kelayotgani sababli, maşina bagajida sovğa uçun samokat yaşirib qöyişgandi. Tirbandlikda ikki kun turgaç, ota va öğilni oldinroq yuborişga qaror qilişdi. Ona hamon navbat kutmoqda.
«Hozir köpçilik rossiyaliklarga qarata kinoya bilan «Nima böldi özi, avval qayerda edingizlar?», deb istehzo qilişyapti», deydi Nino. «Ammo men nazorat-ötkaziş punktida odamlar bilan gaplaşdim, ular şunçaki faqat ölimdan qörqqanidan emas, balki bu uruşni xohlamasligi, ahmoqona va bema’ni deb hisoblagani uçun ketişgan». Uning özi ham bahorda Sankt-Peterburgdagi xususiy yuridik idorasini taşlab, Tbilisiga köçib ötgan.
Nino va boşqa köngillilar fikriga köra, Rossiya-Gruziya çegarasidagi eng xavfli hudud – ikki nazorat punkti orasidagi neytral zona. Çunki, u yerda dökonlar va kafelar yöq, insonparvarlik yordamini ham olib kiriş ilojsiz. Bundan taşqari, neytral zonaga Gruziya tomonidan kirilsa, albatta Rossiya tomondan çiqib ketiş şart. Köngillilar esa u yerdan ortga qaytiş uçun juda katta tirbandlikda turişiga töğri keladi.
«Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punktida tun
OLGA IUNASHEVA/EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK
Mart oyida Ninoning Moskvadan Gruziyaga köçib ötgan dösti aynan şu zonada bir muddat qolib ketgan. «U yerda şaroit yöqligi, odamlar zinapoyalarda, karton qoğozlarda uxlayotgani, oziq-ovqat, suv yetişmasligi, issiq kiyimlar yöqligi haqida döstlariga yozdi». Ular yordam beriş maqsadida çat oçişdi. Söngra «möjiza yuz berdi», odamlar çatga qöşila boşladilar, tezda bir joyga yiğilib, oziq-ovqat, suv, şokolad, peçene va boşqa mahsulotlarni sotib olib, çegaraga yetib borişdi.
«Döstim – mayli, gavdali yigit, undan taşvişlanmadim. Lekin bu zonada 150 kişi, ayollar va bolalar qolib ketişganini aytdi».
Köngillilar Rossiyaga ketayotgan haydovçilardan oziq-ovqat solingan paketlarni olişni, neytral zonada odamlarga tarqatişni iltimos qilişdi. Tajriba asnosida paketlar kiçraytirildi, çunki, haydovçilar katta paketlarni olişdan çöçişdi. Hamma narsani berib yuborişning iloji bölmadi. Qolgan mahsulotlar nazorat punkti yonidagi ibodatxonaga qöyildi. Köngillilar yana bir neça kunni «yiğin, xarid, çegaraga sayohat» rejimida ötkazişdi.
Yordam faqat neytral zonada emas, boşqa joylarda ham kerak edi. Set-dizayner Mariya mart oyida Rossiyadan Gruziyaga jönab ketgan. Ammo ukasini safarbarlikdan olib qoliş uçun qaytdi. Mariya çegaradagi vaziyat ança yomonlaşganini bildi. «Yuk taşiş uçun «Gazel» olişimiz kerakligini darhol tuşundim», deydi u.
Mariya mablağ töplaş uçun ijtimoiy tarmoqda e’lon qoldirdi. Şimoliy Osetiya çatida xaridlarda yordam berişni istagan ayolni, «Avito»dagi e’lonlar orqali «Gazel» mikroavtobusini topdi. «Erkak yordamçini topiş qiyin böldi, hozir hamma iş ayollarga qolgandek tuyulyapti». Bu orada oziq-ovqat, suv va issiq kiyimlar yuklangan «Gazel» Vladikavkazdan nazorat-ötkaziş punktigaça ikkita reysni amalga oşirdi.
Rossiyaliklarni Stepansmindaga yetkazib qöyayotgan Nino bahordan beri Emigration for Action loyihasida iştirok etmoqda. U rus emigrantlari tomonidan ukrainaliklarga yordam beriş maqsadida taşkil qilingan. Endi unda qoçqinga aylangan rossiyaliklar uçun boşpana taşkil etiş masalasi muhokama qilinyapti.
«Avvaliga boşpanaga kimni kiritiş haqida öyladik. Menga ham qandaydir tanlov bölişi kerakdek tuyuldi. Lekin bir qarorga kela olmadik. Axir odamlardan Qrim kimniki deb söraşimiz kerakmi? Çegarada odamlar bilan uçraşib, bunday savollarning ğayriinsoniy ekanini tuşundim. Hammani kiritamiz. Men sarosimaga tuşib qolgan oddiy odamlarni kördim».