Rossiyada safarbarlik e’lon qilingaç, Qozoğiston uruşga borişni istamaydigan va RFni tark etişni közlagan rossiyaliklar uçun asosiy yönalişlardan biriga aylandi. Çegaraning uzunligi, butun çegara böylab önlab nazorat-ötkaziş punktlari mavjudligi, şuningdek Qozoğistonga Rossiyaning içki pasporti bilan ham kiriş imkoniyati mavjudligi bunga imkon bermoqda. Qozoğiston IIV ma’lumotiga köra, 22 sentabrdan buyon mamlakat hududiga kirayotgan Rossiya fuqarolari soni odatdagidan (kuniga 9-12 ming kişi) ikki-uç barobar ortgan va qisqa muddat içida Rossiyaning 98 ming fuqarosi Qozoğiston hududiga ötgan. Yirik şaharlar yönalişidagi nazorat-ötkaziş punktlarida — Petropavlovsk, Uralsk, Qöstanay va Atirau — köp kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan.

Rossiyaliklar yoppasiga kirib kelişi natijasida çegaraga yaqin joylaşgan şaharlarda turar joy ijarasi qimmatlaşdi — tunaş uçun joylar deyarli qolmagan. Xususan, Uralskda bir neça kun içida ijara narxi uç-tört barobar qimmatlab ketdi, bir xona uçun narxlar bir kunga 25 ming tengedan (52 dollar/586 ming söm atrofida) boşlanadi, mehmonxona va hostellarda barça joylar bir neça haftaga band qilib qöyilgan. Omskdan 250 kilometr masofada joylaşgan Petropavlovskda bir kunlik kvartira uçun narxlar sakkiz barobar qimmatlaşgan — 5 ming tengedan 40 ming tengega (qariyb 84 dollar) yetgan.

Rossiyalik muhojirlarga köngillilar yordam körsatmoqda. Yirik şaharlardagi vokzallarda keluvçilarga tekinga suv, oziq-ovqat mahsulotlari va sim-kartalar tarqatilmoqda, şuningdek dolzarb masalalarda maslahatlar berilmoqda. Uralskda mahalliy Cinema Park kinoteatri öz zalida rossiyaliklar tunaşi uçun şaroit yaratib bergan. «Kvartiralar uçun narxlar öta qimmatlab ketdi, şu tufayli biz tunaş uçun maydon berişga qaror qildik», — degan teatr direktori. Qöstanayda mahalliy çatlarda ayrim şaharliklar rossiyaliklarga tekinga yoki uy işlarida yordam evaziga yaşaş joy taklif etişmoqda. Telegramda rossiyaliklarga köçiş masalalarida maslahatlar beriladigan çatlar paydo bölmoqda.

Ayrim çegara punktlarida taksi haydovçilari eng yaqin şaharlarga eltib qöyiş uçun narxlarni bir neça bor oşirib yuborişdi. Şuningdek ular tekinga taşişga tayyor bölgan köngillilarga tahdid qilgan holatlar uçragan. Kvartira egalari avvaldan yaşab kelganlar uçun ham narxni kötarib, aks holda uydan çiqarib yuboriş bilan tahdid qilişmoqda. Qozoğiston mehnat vazirligi bunday ijaraçilarni ogohlantirdi: vazirlik bunday şaxslarga kvartiralarni qanday narxda ijaraga berişni belgilay olmasa-da, ular qança soliq tölayotgani bilan qiziqişi mumkin.