Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini harbiy xizmatga bahorgi çaqiruv töğrisidagi farmonni imzoladi. Farmonga köra, 150 ming kişi 1 apreldan 15 iyulgaça bölgan davrda muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.
2024 yil 1 yanvardan kuçga kirgan yangi qoidalarga köra, Rossiyada çaqiruv yoşi oşirilgan va endi 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.
Rossiya naşrlarida xabar qilinişiça, 2023 yil oxirigaça 27, 28 yoki 29 yoşga tölgan va zaxirada bölganlar bundan mustasno.
Rossiya davlat Dumasining Mudofaa işlari böyiça qömitasi rahbari Andrey Kartapolov avvalroq «2023 yil oxirigaça, hatto 31 dekabr kuni soat 23:59 da 27 yoşga tölgan fuqarolar harbiy zaxiraga olinadi va ular 2024 yilda muddatli harbiy xizmatga çaqirilmaydi. Hozir 28 yoki 29 yoşda bölganlar allaqaçon zaxirada», degan edi.
Ma’lumot uçun, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 2022 yil oxirida harbiy xizmatga çaqiriliş yoşini 18-27 yoşdan 21-30 yoşga özgartirişni taklif qildi. Harbiy çaqiruv yoşining çegaralari bosqiçma-bosqiç özgartirilişi taxmin qilingan edi. Ammo Rossiya hukumati har qanday ötiş davridan voz keçdi va yangi tartib belgilandi.
Davlat dumasi 2023 yil 25 iyulda qonun hujjatlariga tegişli özgartirişlarni uçinçi öqişda qabul qildi. Hujjatning asl nusxasida pastki çegara bir vaqtning özida – 18 yoşdan 21 yoşgaça kötarilişi közda tutilgandi.
Ammo iyul oyida Dumaning Mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolov çaqiruv yoşining quyi çegarasi özgarmasligi va faqat yuqori çegara kötarilişini ma’lum qildi.
24 noyabr kuni Rossiya hukumati harbiy röyxatga oliş sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani parlament tomonidan qabul qilingan qonunçilikdagi özgarişlarga muvofiqlaştiriş töğrisidagi qarorni tasdiqladi. Şu tariqa maksimal 30 yoş deb belgilandi va bu tartib 2024 yil 1 yanvardan kuçga kirdi.














