27 sentabr kuni Rossiya-Gruziya çegarasidagi tirbandlik 20 kilometrdan ortib ketdi. Safarbarlikdan qoçayotgan rossiyaliklar mamlakatni tark etiş uçun bir neça kun sarflamoqda. Şimoliy Osetiya hukumati bir vaqtning özida çegarada harbiy komissariatning mobil punktini işga tuşirdi. «Meduza» Rossiyani tark etayotganlar bilan suhbatlaşdi.
«Eşikni oçmadik, kim taqillatgani ham noma’lum»
Tbilisi aeroportining kutiş zonasida qirq yoşlardagi ayol va uning ikki öğli atrofga sarosima bilan qaraydi. Ular hozirgina Gruziya poytaxtiga yetib kelişdi. Oila ob-havoga mos bölmagan tarzda kiyingan: Tbilisida havo harorati +18 bölsa-da, ularning egnida kurtka va şarflar bor.
Valentina ön uç va töqqiz yoşli farzandi bilan Rossiyaning Ufa şahridan uçib keldi. Uning eri, zaxiradagi harbiy ofitser hozir Gruziya çegarasidagi tirbandlikda turibdi.
Rossiyadan Gruziyaga quruqlik orqali kiriş mumkin bölgan yagona joy – «Verxniy Lars» nazorat punkti hisoblanadi. U Şimoliy Osetiya markazi Vladikavkazdan 35 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Hudud rasmiylariga köra, 27 sentabr kuni çegarani kesib ötmoqçi bölganlar tirbandligi uzunligi 20-30 kilometrni taşkil etgan, unda 5,5 mingdan ortiq avtomobil turgan. Bu masofani uç yoki tört kun içida bosib ötiş mumkin. Safarbarlikdan qoçayotgan köplab rossiyaliklar buni hisobga olmagan va oziq-ovqat bilan suvni zaxira qilmagan.
Safarbarlik e’lon qilingandan söng, Valentinaning oilasi Rossiyadan çiqib ketiş masalasida uzoq vaqt ikkilanib turdi. Ammo kvartira eşigi taqillaganidan keyin ular fikrini özgartirişdi.
«Kim taqillatgani ham noma’lum. Biz oçmadik. Ammo göyo plomba yirtilgandek edi», deb eslaydi ayol.
Ertasi kuni oila muşukni uyda qoldirib, mamlakatni tark etiş uçun maşinaga ötirdi. Kvartiraning kaliti «toş ostida» qoldirildi, şunda qarindoşi muşukni boqiş va gullarni suğoriş uçun uyga kira olardi. Endi Valentina va uning eri «şoşib qolişganidan» afsusda. Ularning sözlariga köra, «vatanda ularni nima kutayotgani aniq edi, garçi bu yaxşilik bölmasa ham», Gruziyada esa «nima kutayotgani aniq emas, biroq yaxşilik bölişi ham dargumon». Valentinaning yonida xorijda amal qilmaydigan «Mir» kartasi va biroz naqd pul bor. Tbilisida tanişlari yöq.
Valentina eri bilan «Kazbegi / Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punktidan bir neça kilometr uzoqlikdagi Stepansminda qişloğida uçraşişga kelişib olgan. Aeroportda mahalliy taksi haydovçisi tezda uning oldiga keladi va Stepansmindaga 15 ming rublga olib borişi mumkinligini aytadi: «Baribir bundan arzonini topmaysiz. Bu yerda turgandan nima foyda, kimni kutyapsiz?». Valentina rozi böladi.
Mavzuga oid
Tbilisidan çiqib ketiş yölidagi avtomobillarning qariyb yarmi Rossiya raqamlariga ega, ularning aksariyati Moskvaniki. Şuningdek, Krasnodar, Rostov-na-Donu, Stavropol raqamlari ham boşqalarga qaraganda köproq. Safarbarlik boşlanganidan keyin rossiyaliklar tomonidan taşkil etilgan telegram çatlarda Qrim raqamiga ega maşinalar Gruziyaga kiritilmayotgani yozilmoqda. Şuningdek, bu özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» va «DXR» raqamlari bölgan maşinalarga ham tegişli.
Şimoliy Osetiyadan ham köplab maşinalar bor. Mahalliy haydovçilarning sözlariga köra, ular Vladikavkazdan Tbilisiga odam taşiyotgan «kirakaşlar».
«Pul şilişni bas qiling»
Ikki yoş yigit velosipedda Gruziya çegarasini kesib ötişdi. Ular höl skameykaga ötirib, osmonga qarab, yuzlarini yomğirga tutib, baxtiyor tabassum qiladilar.
Yigitlar, qayerga ketyapsizlar? – deb söraydi mahalliy taksi haydovçisi.
«Bilmaymiz», deb javob beradi ulardan biri jilmayib.
Saşa va Dima Gruziyaga Stavropoldan kelişdi. Ular Vladikavkazga avtobusda borişdi, söngra velosiped sotib olib, «Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punktiga yöl olişdi. Tirbandlik boşlangan joyga yetib olgaç, piyoda yura boşladilar, çunki yöl toğga qarab ketgan, velosipedda harakatlaniş oğir edi. Ikkalasi ham harbiy xizmat qilmagan, harbiy mutaxassislikka ega emas, dizayner bölib işlaydi. Ularni harbiy komissariat bezovta qilmadi, ammo «sönggi voqealarni körib», «juftakni rostlaşga» qaror qilişdi. «Köçada yuriş qörqinçli bölib qoldi. Rossiya? Vatan? Bu nima? Ertaroq ketişimiz kerak edi», deydi Dima.
«Bu odamlarga qaraganda bizga osonroq», deydi Dima çegarada turgan maşinalarga işora qilib. «Hamma narsamiz özimiz bilan», deb qöşimça qiladi kallasini körsatib. Saşa va Dimaning sözlariga köra, Rossiyada «ota-onalaridan boşqa heç kim qolmagan».
Biroz dam olgaç, yigitlar velosipedlarga ötirişdi. «Endi qayerga borişimizni bilasanmi?», deb söradi Saşa. «Yöq», deb javob berdi Dima. Ikkalasi ham jilmayişdi. Bir yarim soat ötgaç ular çegaradan 25 kilometr uzoqlikdagi Tbilisiga olib boradigan katta yölga yetib olişadi.
27 sentabr kuni ertalab Şimoliy Osetiya ma’muriyati «avtomobillar oqimi» köpaygani va «vaziyat jiddiylaşgani» sababli çegarani piyoda kesib ötişga ruxsat berdi. Bungaça nazorat punktidan faqat avtomobil, velosiped, skuter yoki hatto monoğildirakda ötiş mumkin edi. Şu sababli, Rossiyadan Gruziyaga ketmoqçi bölganlar muloqot qiladigan telegram çatlarida velosiped, samokat sotiş haqidagi e’lonlar köpayib ketdi: «Uçta velosipedni 20 ming rublga sotaman», «Amerikaning Scott aspect 960 velosipedini sotaman. Kattaroq odamni kötaradi, özim sotib olgan narxda beraman» yoki şunçaki «Nazorat punkti oldida velosiped sotaman».
«Verxniy Lars — Çat» guruhi eng yiriklaridan biri, unda 130 mingdan ortiq a’zo bor. Kundalik yozuvlar soni 35 mingga yetadi. Odamlar «oddiy velosiped»da çegaradan ötiş mumkinmi deb söraşadi, qöşimça haq evaziga jomadonni taşib berişni taklif etişadi, u yoki bu qişloqdan tirbandlik boşlangan joygaça yetkazib qöyiş qançaga tuşişi bilan qiziqişadi.
«Yigitlar, nima qilyapsizlar? Velik uçun million, benzin uçun samolyot qanotini sörayapsizlarmi?, deb ğazablanişadi. Hammamiz yagona sabab bilan bu joydamiz, hammamiz ertaga behuda ölib ketişni istamaymiz, odamga öxşab yaşaş uçun kelganmiz. Kelinglar, bir-birimizga yordam beraylik! Pul şilişni bas qilaylik!».
26 sentabr kuni Gruziya çegarasiga zirhli transportyorlar yetib keldi. Bu çatlarda taşvişli xabarlar tölqiniga sabab böldi. Ba’zilar hazillaşişga harakat qilişdi: «LXR» va «DXR» çegarasigaça zirhli transportyorda ikkita örindiq bor». Boşqalar: «Biohojatxonalar keltirişgani yaxşi edi», deb e’tiroz bildirişdi. Keyinroq çegara boşqarmasi «favqulodda vaziyatning oldini oliş uçun» transportyorlar keltirilgani haqida ma’lumot berdi. Söngra «Verxniy Lars»da harbiy komissariat safarbarlik punkti taşkil etildi. Şimoliy Osetiya ma’muriyati u yerda faqat mahalliy aholi uçun çaqiruv qoğozi berilişini aytdi.
Mahalliy taksi haydovçilari nazorat-ötkaziş punkti ortida rossiyaliklarning çegaradan ötişini kutib, navbatçilik qilişmoqda. Tbilisiga yetkazib qöyiş – beş mingdan ön ming rublgaça. Agar nazorat punktidan sal uzoqlaşsangiz, uç mingga ham kelişsa böladi, velosipedni taşiş uçun yana ming rubl qöşiş kerak. Agar mahalliy valuta – «lari» bilan tölasangiz, yanada arzonroq yetib olsa böladi. Biroq, çegaradan ötganlarda faqat rubl bor.
Xotinim «ketaver» dedi
«Yandeks. Karta» ma’lumotlariga köra, 27 sentabr oqşomida tirbandlik «Verxniy Lars» punktidan Balta qişloğigaça çözilgan, bu qariyb 20 kilometr.
«Omadimiz keldi, bor-yöği sakkiz soat kutib turdik», deydi nazorat punktidan ötgan Yegor. Uning sözlariga köra, Vladikavkaz yaqinidagi tirbandlik sun’iy tarzda yaratilgan: yöl örtasiga fuqaro avtomobili qöyilgan, uni aylanib ötiş uçun qarama-qarşi yönalişga çiqişga töğri keladi. Yaqin atrofda esa yöl harakati xavfsizligi politsiyasi xodimlari bor, lekin ular paydo bölgan tösiqqa e’tibor bermayapti. Yegorning sözlariga köra, «közini olib qoçişyapti». Şimoliy Osetiya raqamlariga ega maşinalar tösiqni bemalol aylanib ötmoqda, ularning ortidan bormoqçi bölganlar esa töxtatilyapti. Politsiya ularga «ming dollar evaziga» miltillagan çiroq va sirena bilan nazorat punktigaça kuzatib qöyişni taklif etmoqda. «Bu qonunga xilof», deydi Yegor.
43 yoşli aloqaçi, harbiy xizmatga majbur Sergey (özining iltimosiga köra ismi özgartirilgan) ham tirbandlikda çegaradan ötiş uçun navbat kutmoqda. U uzoq vaqtdan buyon armiyada xizmat qilmayapti, internetda reklama bilan şuğullanadi. Avvaliga Sergey Rossiyani tark etişni rejalaştirmagandi. Safarbarlik e’lon qilinganidan söng, u notaniş odamlarga eşik oçmay qöydi, pod’yezddagi vaziyatni kuzata boşladi. Sergey harbiy komissariat vakili kelsa, qişloqdagi qarindoşinikiga ketişga qaror qildi. Ammo bu rejasidan şubhalandi: «Hozir odamlar aynan qişloqdan olib ketilyapti».
23 sentabr kuni Sergey xotini bilan Rossiyani tark etiş masalasini muhokama qildi. «Ikkimiz ötirib, bugungi qonunlardan kelib çiqqan holda hayotimizni rejalaştiryapmiz. Ammo ular qonunlarni har kuni özgartirişyapti», dedim. Xotinim: «Ketaver», dedi. Şundan söng, u ketdi.
«Verxniy Lars» punktidan 120 km, Vladikavkazdan 90 km uzoqlikdagi Mozdok yaqinida politsiya postiga duç keldim, deydi Sergey. – 3 ming rubl pora talab qilişdi, aks holda, «safarbarlik bilan boğliq muammo» paydo qilişlarini aytişdi. Ming rublga kelişdik».
Sergeyning ta’kidlaşiça, Vladikavkaz yaqinida yöl politsiyasi ataylab harakatni sekinlaştirmoqda. «Politsiyaçi maşinalarni töxtatib, «Verxniy Lars»da katta tirbandlik borligini, kutişimiz kerakligini aytdi. Maşinalar 20 tadan guruhga ajratilib, har 20-30 daqiqada ötkazildi».
Sergeyning sözlariga köra, vladikavkazliklar 2 ming rubl evaziga Gruziyaga olib boruvçi aylanma yöllarni körsatişni taklif etişdi. Ammo Sergey «Yandeks.Karta»ni örganib, yölni özi topib oldi.
25 dan 26 sentabrga ötar keçasi transport harakati yanada sekinlaşdi va aylanma yöllar uçun ma’lumot narxi qirq ming rublgaça kötarildi, deb eslaydi Sergey. Uning sözlariga köra, bunday pul evaziga mahalliy aholi toğlar orqali Vladikavkaz postlarini aylanib ötuvçi yölni körsatişni taklif qilişgan: «Kimdir rozi böldi, navbat ham biroz siljidi».
Sergeyning hisob-kitobiga köra, tirbandlikdagi tezlik inobatga olinsa, yölda 3-4 kun turişga töğri kelardi. Dastlab Sergey bunga işonmadi, hatto uning yonidagilar ham. Navbatda turganlar 1 kun içida çegaradan ötişga umid qilişgan, 7 kilometr masofani bosib ötiş uçun 3-4 kun sarflaşga heç kim tayyor emasdi.
26 sentabr kuni Sergey çegaragaça bölgan harakat tezligini hisoblab çiqdi: u 9 soat içida 500 metr masofani bosib ötgan edi. 27 sentabr kuni tongda uyidan olib kelgan sayohatçi plitkasida tezpişar lağmonni tayyorladi va kofe damladi. Nonuştadan söng, maşinasini yöl çetida qoldirib, özi bilan olib kelgan velosipedga ötirdi. Xayolan maşinasi bilan xayrlaşdi. Gruziyaga ötgaç, uni olib keluvçi şaxsni izlab topişga umidvor böldi.
Sergey tirbandlikdan çiqib ketayotganida, navbatda turgan maşinalardagi örindiqning narxi 25 ming rublga yetganini eşitdi. Şu bilan birga, nazorat-ötkaziş punktini aylanib ötuvçi yöllarni körsatiş, ya’ni, amalda Gruziya hududiga noqonuniy kirib olişning narxi 300 ming rublga çiqdi. Bundan taşqari, taşlab ketilayotgan maşinalarni sotib olişni istaganlar ham paydo böldi.
Nazorat punktiga boradigan yölni avtomobilsiz nisbatan tezroq, 1 kunda bosib ötiş mumkin edi.
Sergeyning rafiqasi va ikki farzandi Rossiyada qoldi. Ular hozirça nima qiliş haqida bir qarorga kelmagan.
27 sentabr kuni keçqurun Şimoliy Osetiya rahbari Sergey Minyaylo Respublika hududiga kiriş joylarida va «Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punktida «harbiy komissariat va ijro organlari vakillari iştirokida mobil operativ guruhlar» taşkil etilgani, harbiy xizmatga majbur rossiyaliklarga çaqiruv qoğozlarini topşiriş jarayoni yölga qöyilganini e’lon qildi. Şuningdek, hudud ma’muriyati propiskasiz fuqarolarning avtomaşinada kirişini çeklaşi mumkinligini aytdi.
* * *
Bir vaqtning özida Tbilisida uy-joy va mehmonxonalarga bölgan talab oşgan. Ijara narxlari kötarilmoqda, bu hodisa avval ham röy bergan, uruş boşlanganidan keyin minglab ruslar tösatdan Gruziyaga köçib ötganlarida sodir bölgan edi.
Gruziyaning ba’zi fuqarolari köplab rossiyaliklar kelayotganidan va mamlakat rasmiylari bu oqimni töxtatmayotganidan norozi. Muxolifatdagi «Strategiya Agmaşenebeli» partiyasi yetakçisi Georgiy Vaşadze 27 sentabr kuni hukumatdan Rossiya fuqarolari uçun çegarani zudlik bilan vaqtinça yopişni talab qildi:
«Vladimir Putin «Rossiya Federatsiyasining xorijdagi gumanitar siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmonni imzoladi, unda Rossiya Federatsiyasi Latviya, Litva, Estoniya, Moldova va Gruziyadagi rusiyzabon aholi huquqlariga rioya etilişini diqqat bilan kuzatib boriş belgilangan. Eng xavotirlisi, [hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi raisi] Irakliy Kobaxidze amalda Vladimir Putin va Rossiya tajovuzkorligini nazarda tutuvçi Putin doktrinasi uçun zamin yaratdi. 1990-yillar boşida Rossiya öz hujumlarini oqlaş uçun xuddi şu strategiyadan qanday foydalanganini juda yaxşi eslaymiz».
«Rossiya fuqarolari köp yillardan buyon Gruziyaga kelmoqda, şuning uçun biz hozir bu jarayonga tösqinlik qilmaymiz», dedi Gruziya içki işlar vaziri Vaxtang Gomelauri 27 sentabr kuni. Şuningdek, u hozirda har kuni 10 mingga yaqin rossiyalik çegarani kesib ötayotgani, safarbarlik boşlanişidan oldin bu raqam 6 mingga yaqin bölgani, odatda ularning 60 foizi tez orada Gruziyadan çiqib ketganini aytdi.
«Rossiya fuqarolarining misli körilmagan oqimi Gruziya xavfsizligi va iqtisodiyoti uçun xatarlarni oşiradi. Mamlakat bunday muhojirlar oqimiga doş berişga tayyor emas. Bundan taşqari, Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya FXX örtasidagi tasdiqlangan hamkorlik kontekstida çegarani kim kesib ötganini aniqlaş imkoni bölmaydi.
* * *
Tbilisi mehmonxonalaridan birining hovlisida beşta maşina bor: biri gruzin raqamlari, ikkinçisi Moskva va uçtasi Krasnodar raqamlari bilan. Kura ustidagi köprik yonidagi asfaltga kimdir qizil böyoq bilan: «visa for fucking russians» deb yozgan va yurak tasvirini çizib qöygan.