«Barça putinçi-dezertirlar bilişi kerakki, Gruziyada ular uçun elarji (gruzinça taom) tortilmaydi», - ijtimoiy tarmoqlarda Tbilisi aeroportida «Rossiyalik dezertirlarga salom» sözlari yozilgan plakat bilan tuşgan surati maşhur bölgan Badri Grigalashvili öz aksiyasini şunday izohlaydi.

Gruzinlarning an’anaviy elarji taomi - pişloq qöşilgan jöxori bötqasi bölib - 2021 yilda Tbilisidagi restoranda rossiyalik teleboşlovçi Vladimir Poznerga şunday taom tortilgandi, öşanda uning taşrifi muxolifatçi faollarning namoyişlariga sabab bölgandi.

Bugungi kunda «elarji tortiş» iborasini Gruziya hukumati tanqidçilaridan tez-tez eşitiş mumkin, ular hukumatni Rossiyaga moyillik bildirişda va uni qöllab-quvvatlaşda ayblaşadi.

25 yoşli Grigalashvili «Girçi - köproq erkinlik» muxolifatçi partiyasi a’zosi bölib, uning aksiyasi ikki xil standartlar böyiça yaşovçi rossiyaliklarga qaratilgan kinoyali xabardir.

BADRI GRIGALASHVILI

«Mening noroziligim şundaki, bu odamlar bir tomondan öz mamlakatida Putin rejimini qöllaydi va Ukrainadagi uruşni oqlaydi, boşqa tomondan bu ularning öziga tahdid sola boşlaganida uruşga borişdan qörqib ketişadi, çunki ular ukrainalik bolalar qanday ölayotganini faqat televizor orqali körişni afzal körişadi», degan u.

Bugungi kunda Rossiyadagi safarbarlikdan qoçayotganlarning barçasi ham Ukrainadagi uruşni qöllab-quvvatlamaydi, ammo uşbu faolning pozitsiyasi gruzin jamiyatidagi köpçilikning xavotirlarini aks ettirgan: ular sönggi yillarda Putin boşqaruvida özini juda qulay his qilganlar öz mamlakatiga köçib kelişiga rozi emas.

Grigalaşvilining sözlariga köra, kelayotganlarning köpçiligi bir qismi Rossiya tomonidan bosib olingan mamlakatga kelganini his qilmayapti.

«Öylaymanki, gruzinlar bunday rossiyaliklarga - Putin tarafdorlariga biz bu yerda ularni gullar bilan kutib olmasligimizni anglatib qöyişi kerak. Ular har qadamida biz tomonimizdan noqulaylikni his qilişi kerak», degan u hamda özi va partiyasi - çegarani rossiyaliklar uçun töliq yopib qöyiş tarafdori emasligini qöşimça qilgan.

Gruziya uruş boşidan buyon rossiyaliklarni qabul qilib keladi, ammo aksar gruzinlar sözsiz Ukrainani qöllaydi.