Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni Rossiyada «qisman» safarbarlik e’lon qilgaç, armiya yoşidagi köplab rossiyaliklar mamlakatni tark eta boşladi. Uruşga borişdan qoçayotgan bu insonlar oqimi sabab Gruziya, Finlandiya, Qozoğiston va Möğuliston bilan çegaralarda bir neça kilometrlik navbatlar paydo böldi. Minglab rossiyaliklar hali ham uşbu davlatlarning nazorat-ötkaziş postlari oldida qolmoqda. Ulardan biri özining Qozoğistonga qoçişi davomida boşdan keçirganlari haqida hikoya qildi.

Safarbarlik e’lon qilinişi bilan minglab rossiyaliklar zudlik bilan mamlakatni tark eta boşladi. Ulardan 100 mingdan oşiği allaqaçon qöşni Qozoğistonga ötib bölgan. Çegaradagi bir neça soatlik navbatlardan söng rossiyaliklar Qozoğistonning bu mintaqadagi eng yirik şahri — Uralskka kelmoqda.

Şahardagi hamyonbop ijara uylari juda tez tugagan, biroq mahalliy aholi qoçqinlarga yordam beryapti. Muhojirlarni nafaqat köngilli fuqarolar, balki taşkilotlar ham qabul qilmoqda. Xususan, Uralsk şahrining Cinema Park kinoteatri köplab rossiyaliklarga öz hududidan boşpana bergan. «Meduza» naşri Qozoğistondagi ilk keçasini uşbu kinoteatrda ötkazgan rossiyalik qoçqin bilan suhbatlaşdi. Quyida uning hikoyasi keltiriladi.

«Ketişga qaror qildim, çunki nima bölayotganini tuşunişga imkon, ertangi kunga işonç yöq edi. Ahvol qörqinçli edi. Safarbarlikka çaqiriş tartibsiz olib borilayotgandi. «Qisman» safarbarlik atrofidagi real voqealar bilan rasmiy axborotlar bir-biriga teskari bölib, töla dezinformatsiya şakllandi.

Qolaversa men ta’tilda edim. Oldinroq ketişga qaror qildim, çunki çegaralar yopilib qolsa, içkarida qolib ketişni xohlamadim. Ehtimol, qolib ketiş va armiyaga çaqirilişni istamadim.

Men jönaşdan bir neça kun oldin bu haqda tezkor qaror qabul qildim. Juda asabiylaşdim, miyamdan atrofda bölayotgan köngilsizliklarni çiqara olmadim. Hatto bir neça kun işlay ham olmadim va dam oldim.

Ketişni tezda rejalaştirdim. Oilam buni ijobiy qabul qildi. Ya’ni albatta, ular bundan xursand bölmadi, ammo xafa ham bölişmadi, ular hammasini tuşundi. Menimça, oilam uçun meni himoya qiliş muhim. Bu normal holat.

Şuning uçun ular menga şunçaki «Yaxşi, biz seni qöllab-quvvatlaymiz. Nimani zarur deb bilsang şuni qil» deyişdi.

Lekin ulardagi his-hayajon bilinib turardi, ular asabiylaşayotgan va taşvişlanayotgandi. Çunki katta ehtimol bilan bu voqealar tez orada tugamaydi.