Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekiston hududlariga investitsiya jalb qilishda yordam ko‘rsatadi
Jahon banki 2040 yilgacha O‘zbekiston hududlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasi va boshqa dasturlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar 30 yillik munosabatlar davomida investitsiyaviy hamkorlik doirasida erishilgan natijalarni yuqori baholadi. Bu davrda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, sog‘liqni saqlash va ta’limni modernizatsiya qilish, suv ta’minoti, moliya va transport sohalarini yaxshilash hamda yo‘llar qurishga qaratilgan 3,6 milliard dollarlik 28 ta loyiha amalga oshirildi.
O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda bank mutaxassislari maslahat va texnik yordamini kengaytirish muhokama qilindi. 2040 yilgacha O‘zbekiston hududlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini tayyorlashda, sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda, savdo to‘siqlarini kamaytirishga qaratilgan texnik yordam ko‘rsatishda, bojxona tartib-qoidalarini raqamlashtirishda va texnik reglamentlarni muvofiqlashtirishda, eksportni rivojlantirish strategiyasini va O‘zbekiston barcha hududlarida sanoat muvozanatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bozor tamoyillariga asoslangan sanoat strategiyasini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar Saudiya Arabistoni hukumati va Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi nomoliyaviy faoliyatini JB ekspertlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini muhokama qildi. Jahon banki rahbariyati jamg‘arma faoliyatiga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026