O‘zbekiston | 11:39 / 03.10.2022
8051
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayoniga jalb qilinadi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Budapeshtda Vengriya bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri birinchi o‘rinbosari Levente Magyar bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda ko‘p qirrali o‘zbek–venger hamkorligini rivojlantirish muhokama qilindi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi, suvni tejaydigan texnologiyalar, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, elektronika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, kimyo va metallurgiya, ilm-fan, innovatsiya va ta’lim kabi sohalarda yangi yuqori daromadli investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy masalalarni to‘liq ko‘rib chiqdi.

Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, Vengriya sarmoyaviy doiralarini O‘zbekiston davlat korxonalari va aktivlarini transformatsiyalash va xususiylashtirish jarayoni jalb qilish istiqbollari alohida tartibda muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘p qirrali sheriklik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid