Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda 6 oy davom etgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi tugadi
BMT maxsus vakilining Yamanda uzoq muddatli sulh tuzishga urinishlari natija bermadi. 6 oy davom etgan otashkesim tugadi.
Yamanda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Xans Grundberg 2 oktyabr, yakshanba kuni kechqurun umidsizlikni izhor qilib, imkon qadar tezroq kelishuvga erishish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirishini ta’kidladi. «Uzoq muddatli otashkesim aholiga katta foyda keltiradi», dedi u.
Grundberg o‘z bayonotini o‘t ochishni to‘xtatish muddati tugaganidan bir necha soat o‘tib e’lon qildi. Yaman hukumati va husiy isyonchilar o‘rtasida BMT shafeligidagi sulh aprel oyi boshida ikki oyga kuchga kirdi hamda iyun va avgust oylarida uzaytirildi.
Bu safar Grundberg o‘t ochishni to‘xtatishni olti oyga uzaytirishga va uni qo‘shimcha shartlar bilan bog‘lashga urindi. Gap mamlakat janubi-g‘arbidagi Taiz shahridagi muhim yo‘llarning ochilishi, harbiy deeskalatsiyaga erishish vositalari va mahbuslarni ozod qilish haqida bormoqda. Bundan tashqari, vaqtinchalik sulhni doimiy sulhga aylantirishga umid ham bor edi.
Yamandagi qarama-qarshilik 2014 yilda, husiylar poytaxt Sanoni egallab olgandan so‘ng boshlangan. Ular prezident Abd Rabbo Mansur Hodini hokimiyatdan chetlatib, uni mamlakatni tark etishga majbur qilishdi. 2015 yilning mart oyida Saudiya Arabistoni va BAA boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Hodi hukumatini hokimiyatga qaytarish kampaniyasini boshlagan edi.
Sakkiz yil davomidagi jangovar harakatlar paytida 150 mingdan ortiq odam, jumladan 14,5 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi. BMT bu mojaroni dunyodagi eng dahshatli gumanitar inqiroz deb atadi. Mart oyida BMT Yamandagi gumanitar falokatni yumshatish uchun 4,27 milliard dollar (3,9 milliard yevro) kerakligini aytdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026