O‘zbekiston | 09:52 / 04.10.2022
7530
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eksportchilariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

“Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2022 yil 1 noyabrdan:

  • bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxi 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi;
  • eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmi ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi;
  • qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi.

Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi:

  • eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo‘lganda – 1 million dollargacha;
  • eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo‘lganda – 2 million dollargacha;
  • eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo‘lganda – 3 million dollargacha;
  • eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda – 4 million dollargacha;
  • eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda – 5 million dollargacha;
  • bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid