Şu bilan birga, xususiy investitsiyalar va eksportning barqaror ösişi kutilmoqda, joriy tölov balansi esa Özbekistonning jahon bozoridagi xomaşyo yuqori narxlari (oltin, mis, tabiiy gaz) va migrantlar pul ötkazmalarining köpayişidan köproq foyda olişda davom etişi natijasida yaxşilanişi kutilmoqda. 2022 yilda töğridan töğri xorijiy investitsiyalar ösişi kutilmaydi va savdo taqçilligi birinçi navbatda davlat qarzlari hisobidan qoplanadi. 

Tovar eksporti tuşumlarining oşişi va davlat investitsiyalarining sekin sarflanişi budjet taqçilligini 2021 yildagi YaIMning 6,2 foizidan 2022 yilda 4,4 foizgaça kamaytiradi. Şu bilan birga, taqçillik 2022 yilga möljallangan 3 foizlik budjetdan yuqori böladi, çunki davlatning ijtimoiy himoya, soğliqni saqlaş, ta’lim va infratuzilmani rivojlantirişga xarajatlari köpayadi. 

2023 yilga möljallangan fiskal konsolidatsiya oziq-ovqat narxlarining oşişi va Ukrainadagi uruş oqibatlarini yumşatiş munosabati bilan aholining manzilli ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş tufayli keçiktirilişi kutilmoqda. Iqtisodiyotning yuksalişi, aholini ijtimoiy himoya qiliş dasturlarining kengayişi mamlakatda qaşşoqlikni yanada kamaytiradi. Qaşşoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tuşişi prognoz qilinmoqda. Biroq, kelgusi yillarda daromadlarni safarbar qiliş va xarajatlar samaradorligini oşiriş nuqtayi nazaridan davlat xarajatlarining konsolidatsiyasi yana kuçayişi kutilmoqda. 

Hukumat özining qarz oliş çeklovlariga rioya qilişda davom etişi kutilmoqda. Şunday qilib, davlat qarzi va umumiy taşqi qarz 2024 yil oxiriga kelib YaIMning mos ravişda 32 va 55 foizigaça bosqiçma-bosqiç kamayadi. 

Uşbu istiqbol uçun salbiy xavflar orasida Ukrainadagi uzoq davom etadigan uruş va Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar, şuningdek, kutilganidan ham qattiqroq global moliyaviy şaroit mavjud. Iqtisodiy özgarişlarning murakkab xalqaro muhit ta’sirida kuçayib borayotgan uşbu bosqiçida islohotlarni amalga oşirişning sekinlaşişi xavfi mavjud. 

Iqtisodiyot uçun potensial ijobiy tendensiyalar qatoriga oltin, tabiiy gaz va misga jahon narxlarining oşişi, şuningdek, hukumatning tarkibiy islohotlari natijasida tarmoqlar böyiça natijalarning tezroq ösişi kiradi.