Özbekistonda ayollarning iqtisodiy faolligi yil sayin ortayotgan bölsa-da, moliyaviy mustaqillik hali ham köpçilik tomonidan “erkakning vazifasi” sifatida qabul qilinadi. Aslida esa ayolning puli — uning himoyasi, qaror qabul qiliş imkoniyati va şaxsiy qadr-qimmatini anglaşdir. Ayolning moliyaviy mustaqil bölişi uning öziga, jamiyatga qanday foyda keltirişi mumkin?
Zöravonlikdan xalos bölişning eng işonçli kafolati
Oilaviy zöravonlikka duç kelayotgan köp ayollar majburlikdan, ya’ni borar joylari va mablağlari yöqligi uçun bunga çidaşadi. Oqibatda zöravonliklarning farzandlar tarbiyasiga, ayolning salomatligiga zarari yillar ötib namoyon böladi. “Uydan ketsam qanday kun keçiraman?”, “Farzandimni kim boqadi?” degan savollar çidaşga majbur qiladi. Moliyaviy mustaqil ayol esa heç qaçon zöravonlikka mahkum emas, çunki uning tanlov imkoniyati bor.
Ayollar işlaşni, öqişni, öz biznesini boşlaşni xohlaşadi. Biroq aksariyat hollarda imkoniyat emas, pul ularni çeklovçi omilga aylanadi. Moliyaviy erkin ayol öz yölini boşqalarning tanlovi bilan emas, öz qadri uçun tanlaydi. Moliyaviy erkinlik ayolni “minnat” evaziga emas, izzat bilan yaşaşga örgatadi. Bu nafaqat moddiy, balki içki ozodlikdir.
Farzand tarbiyasida yangi standart
Moliyaviy mustaqil ona ança xotirjam ayolga aylanadi. Çunki u öz istaklarini erkin amalga oşira oladi. Bu bolalar tarbiyasida ham öz ijobiy natijasini körsatadi. Bunday oilalarda qizlar ta’limiga sarf-xarajat deb emas, investitsiya deb qaraladi.
Ayollar iqtisodiyotga faol qöşilgan mamlakatlarda YaIM örtaça 30% ga oşadi, jamiyat hamjihatroq va barqarorroq böladi, demografik xavflar kamayadi. Ya’ni bu faqat oila emas — butun davlat uçun yutuq.
















