Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Xerson oblastidagi 50 ta aholi punktini ozod qildi
Xerson oblastida Ukraina armiyasi 50 ta aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Twitter'da.
Foto: mind.ua
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Xarkov oblastida Ukraina rasmiylari 169 ta aholi punktida nazorat o‘rnatgan va tozalash ishlari olib borilgan.
Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida jiddiy qarshi hujum boshlagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2 oktyabr kuni harbiylar Ingulets daryosi bo‘yidagi Arxangelsk posyolkasini, shuningdek Mirolyubovka posyolkasini ozod etgani haqida xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqda ukrain harbiysi Mirolyubovkadagi binolardan biriga Ukraina bayrog‘ini o‘rnatayotgani aks etgan surat tarqalgan. Ukrain kuchlari sentabr oyi boshidayoq Mirolyubovka va Arxangelsk atrofida paydo bo‘lgandi.
Ukrain harbiylari Dnepr daryosi bo‘ylab ham yurish qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Dnepropetrovsk oblasti bilan chegaradagi Novovoronsovkidan 25 kilometr janubdagi Mixaylovkiga qadar hududdagi bir qancha aholi yashash manzillarini ozod etgan.
Mavzuga oid
21:06
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
09:23
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
18:04 / 03.05.2026