Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya uchun O‘zbekistonda alohida sanoat zonasi ajratilishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi arafasida Budapesht shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘zbek-venger biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ishtirok etdi.
Tadbirda Vengriya kompaniyalari uchun O‘zbekistonda alohida sanoat zonasi ajratish, mahsulotlarga eksklyuziv imtiyozlar berish va kafolatli xarid qilish, tashkil etilayotgan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan istiqbolli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish kabi chora-tadbirlar qayd etildi.
Forum davomida venger kompaniyalariga investitsiyaviy imkoniyatlar, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, elektronika va elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, kimyo va qurilish sanoati sohalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Biznes forum doirasida O‘zbekiston va Vengriya vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, banklari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida G2B va V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, ishtirokchilar qo‘shma korxonalar barpo etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish borasidagi masalalarni atroflicha ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Forum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbollarni ochib beruvchi qator ikki tomonlama hujjatlar, investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
13:52 / 02.06.2026
«Navoiyazot» huzurida 1 mlrd dollarlik yangi kimyo loyihalari amalga oshiriladi
18:06 / 27.05.2026