Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi aholisining aksariyati Kiyevga qurol yetkazib berishni qo‘llab-quvvatladi
YeI nomidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish g‘oyasi Yevropa ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlarda o‘z davlatlari nomidan yetkazib berish istiqbolidan ko‘ra aholi tomonidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanyapti.
Yevropa ittifoqi aholisining aksariyati, ya’ni 60 foizi Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirish tarafdori, Germaniyada esa aholining 61 foizi bu pozitsiyaga amal qiladi. Bundan 5 oktyabr, chorshanba kuni Bertelsman fondi tomonidan Belgiyaning King Baudouin jamg‘armasi bilan birgalikda e’lon qilingan Eupinions so‘rovi natijalari darak bermoqda.
Ushbu tadqiqotga ko‘ra, Italiya Yevropa ittifoqida aholisining ko‘pchiligi Ukrainaga keyingi qurol yetkazib berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamayotgan yagona davlat bo‘lib, italiyaliklarning 42 foizi bunday istiqbolni ma’qullagan.
Polyaklar esa bu g‘oyaning faol tarafdorlari bo‘lib qolmoqda: Polshadagi respondentlarning 84 foizi uni qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, butun Yevropa ittifoqi nomidan Kiyevga qurol yetkazib berish g‘oyasi Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlari aholisida Ukrainaga o‘z mamlakatlari tomonidan qurol yuborish g‘oyasidan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. So‘rov o‘tkazilgan Yevropa ittifoqi davlatiga qarab, rezidentlar tomonidan u yoki bu ta’minot variantini ma’qullash darajasidagi farq ularning birinchisi foydasiga 3 foizdan 7 foizgacha bo‘lgan.
Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish g‘oyasini eng katta ma’qullash 16-25 va 56-70 yoshdagi aholi guruhlari orasida kuzatilgan.
Shu bilan birga, Yevropa ittifoqi aholisining Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishini ma’qullaganlar ulushi martdan iyungacha bo‘lgan davrda biroz kamaydi. Bu Fransiyada yaqqol ko‘rinib turibdi, u yerda qo‘llab-quvvatlash darajasining pasayishi 8 foizni tashkil etdi. «Mart oyida hamma shok holatida edi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash istagi juda kuchli edi. Uch oy o‘tgach, shok ortda qoldi, ammo qo‘llab-quvvatlash istagi hali ham katta, biroq buning salbiy oqibatlari oddiy hayotda ko‘proq sezilyapti. Bu chidamlilik - siyosiy kapital, uni rivojlantirish kerak», - deydi Bertelsman fondi eksperti Izabell Xoffman.
Eupinions tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi aholisining 72 foizi YeIning Rossiya energiya manbalaridan mustaqil bo‘lishini xohlaydi. Ushbu maqsadga erishish uchun ular shaxsiy qiyinchiliklarga dosh berishga tayyor, deydi tadqiqot ishtirokchilari.
Buni eng faol qo‘llab-quvvatlaganlar - polyaklar (80 foiz) va italyanlar (76 foiz). Shu bilan birga, Rossiya gaziga bog‘liqligi yuqoriligicha qolayotgan Germaniyada, hatto shaxsiy noqulayliklarni hisobga olgan holda, bu qaramlikdan chiqishni ma’qullaydiganlar ulushi barcha Yevropa ittifoqi mamlakatlari orasida eng past bo‘ldi: 69 foiz.
Yevropa ittifoqi aholisining o‘z mamlakatlarida urushdan qochgan ukrainaliklarni qabul qilishga tayyorligi esa butun Yevropa ittifoqida yuqoriligicha qolmoqda. Respondentlarning 81 foizi ushbu yondashuvni ma’qullashini aytdi. Taqqoslash uchun: mart oyida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, bu ko‘rsatkich 5 foizga yuqori edi. Fransiyada qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashning kamayishi 8 foiz punktni, Niderlandiyada 7 foizni, Polshada esa 6 foiz punktni tashkil qilgan.
«Bizning raqamlarimiz shuni ko‘rsatadiki, yevropaliklar Ukrainaga yordam berish bo‘yicha qat’iy harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda, bosim kuchaymoqda va u bilan shaxsiy muammolar ham ortmoqda. Yordam berish istagi va shaxsiy yuk bir-biriga zid bo‘lib, siyosiy mojaro uchun potensial xavf yaratish ehtimoli mavjud», - deb ogohlantirdi Izabell Xoffman.
So‘rov ishtirokchilarining uchdan ikki qismi (66 foizi) Ukrainani YeI a’zosi sifatida ko‘rishni xohlashini aytdi. Biroq, Yevropa ittifoqining turli mamlakatlarida ushbu g‘oyani ma’qullash darajasi bir xil emas. Shunday qilib, Polshada respondentlarning 84 foizi qo‘shni davlatning Yevropa istiqbolini qo‘llab-quvvatladi, Germaniya va Fransiyada esa - 60 foizdan.
Respondentlarning 71 foizi fikricha, Yevropa ittifoqi allaqachon xalqaro muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Ayni paytda, respondentlarning 77 foizi AQShni ittifoqchilar qatorida ko‘rishni xohlashini aytgan.
Bertelsman jamg‘armasi tomonidan o‘tkaziladigan uch oylik Eupinios so‘rovi uchun ma’lumotlar 2022 yil iyun oyida to‘plangan. Tadqiqotda butun Yevropa ittifoqida yashovchi 12 000 kishi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026