Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda qayd etildi.
2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 35,3 mln kishini tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida doimiy aholi sonining foizdagi ulushi eng ko‘p Rossiyada kuzatildi – 51,3 foiz.
Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda 14,6 va 11,9 foizlik ko‘rsatkichga ega Ukraina hamda O‘zbekiston egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 6,5 foiz;
- Ozarboyjon – 3,5 foiz;
- Belarus R. – 3,3 foiz;
- Tojikiston – 3,2 foiz;
- Qirg‘iziston – 2,3 foiz;
- Turkmaniston – 1,5 foiz;
- Armaniston – 1,0 foiz;
- Moldova – 0,9 foiz.
Mavzuga oid
11:24
O‘zbekiston aholisining 89,4 foizini o‘zbeklar tashkil etadi
10:49
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
08:18 / 23.06.2026