Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi bojxona posti vaqtincha yopildi
Qozog‘istondagi “Qozig‘urt” va unga tutash, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “S.Najimov” (O‘zbekiston) o‘tkazish punkti fuqarolar va avtotransport vositalarining o‘tishi uchun yopildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, o‘tkazish punkti 2022 yil 6 oktabr soat 09:00 dan 7 oktabr soat 09:00 gacha yopiq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, o‘tkazish punktida har ikki davlatning nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rtasidan o‘tuvchi gaz quvurlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ishlar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bajariladi.
Mavzuga oid
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026