O‘zbekiston | 08:55 / 07.10.2022
7763
3 daqiqa o‘qiladi

Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi

Foto: Kun.uz

“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Markaziy bank potensial oluvchi sifatini quyidagi mezonlarni birgalikda ko‘rib chiqish yo‘li bilan aniqlaydi:

  • potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxs ishchanlik obro‘sini;
  • potensial oluvchi korporativ boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi va unga aloqador bo‘lgan shaxslar bankni tartibga solishga hamda uning ustidan nazorat qilishga doir ta’sirini baholaydi.

Potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxs ishchanlik obro‘si mezoniga muvofiqligini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxsning axloqiy fazilatlari va vijdonliligi (mutanosiblik tamoyilini qo‘llamagan holda):
  • potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxsga nisbatan iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlikning mavjud emasligi;
  • potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxs yuridik shaxsni bankrotlik holatiga yoki tang moliyaviy ahvolga olib kelgan harakatlar uchun javobgar bo‘lgani to‘g‘risidagi dalillar yo‘qligi;
  • potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdorni hamda ularga aloqador (affillangan) shaxsni moliya sohasida professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi sud qarori mavjud emasligi;
  • vakolatli nazorat organi tomonidan potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxsga nisbatan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) egalik qilishni cheklaydigan sanksiyalarning o‘tmishda qo‘llanilgani;
  • Markaziy bankka haqqoniy bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etgani;
  • potensial oluvchi va/yoki benefitsiar mulkdor hamda ularga aloqador (affillangan) shaxs baholashdan o‘tmaslikka uringanligi to‘g‘risidagi dalillarning mavjud emasligi.

Agar potensial oluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, ishchanlik obro‘si mezoniga muvofiqligini baholash yuridik shaxs o‘zini, uning ishtirokchilari (aksiyadorlari) va boshqaruv organlari a’zolarini hamda mazkur yuridik shaxsning benefitsiar mulkdori va ularga aloqador (affillangan) shaxslarni qamrab oladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid