Sport | 19:59 / 07.10.2022
19145
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda kambek ko‘rsatib, Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi

Osiyo kubogi U17 saralashi 3-tur o‘yini doirasidagi O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya o‘smirlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. 

Foto: Tribuna.uz

Toshkentdagi «Jar» stadionida J guruhi doirasidagi markaziy bahsda Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari koreyalik tengqurlari bilan jangovar durang qayd etishga yaqin edi, ammo zaxiradan maydonga tushgan himoyachi Mamadalixon Olimov 88-daqiqada g‘alaba golini kiritib, kambek qayd etdi – 3:2.

Shu tariqa, O‘zbekiston 2 o‘yindan keyin 6 ochko bilan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi. Vakillarimiz dastlabki bahsda Bruneyni 14:0 hisobida mag‘lub etishgandi.

Osiyo kubogi U17 saralashi.
O‘zbekiston U17 – Janubiy Koreya U17 - 3:2

Hakam: Bijan Haydari (Eron)
Gollar: Byungxon 72 (o‘z darvozasiga), Lazizbek Mirzayev 81, Mamadalixon Olimov 88 – Kang Min Vu 26, Byungxon 77.
O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Daniyel Panfyorov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 6.Ozodbek O‘ktamov, 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Shukrullayev, 13.Behruz Jumatov, 14.Shodiyor Shodiboyev, 17.Ollobergan Karimov, 19.Sherzodbek Abdulboriyev, 23.Dilshod Abdullayev.
Zaxira: 1.Diyorbek To‘laboyev, 2.Mamadalixon Olimov, 4.Ozodbek Sotvoldiyev, 9.Amirbek Saidov, 10.Abdulhamid Turg‘unboyev, 11.Zikrilloxon Muxtorov, 12.Asilbek No‘’monov, 15.Daniil Nugumanov, 16.Aminbek Yoqubov, 18.Abdulhamid Ikromov, 20.Quvonchbek Abrayev, 22.Behruz Ismatov.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов

Mavzuga oid