O‘zbekiston | 15:20 / 07.10.2022
7856
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda banklar ustav kapitali eng kam miqdori 500 mlrd so‘mgacha oshiriladi

Foto: Kun.uz

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 13-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi bilan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 13-moddasiga bank ustav kapitali eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard so‘mgacha oshirish yuzasidan tegishli qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Qonun amaldagi tahririga asosan bugungi kunda bank ustav kapitali eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kunda mamlakatda faoliyat yuritayotgan tijorat banklar soni 33 tani tashkil etmoqda, shundan 13 tasi ustav kapitali 500 mlrd so‘mdan ortiq, 9 tasi 200 mlrd so‘mdan ortiq, 11 tasi ustav kapitali 200 mlrd so‘mdan kam.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlar aholi va tadbirkorlik sub’yektlari banklarga omonat (depozit) joylashtirishini rag‘batlantiradi, tijoriy va boshqa kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bank xizmatlari hajmi oshishiga yordam beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid