Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqani kompozit tartibda tayinlash yo‘lga qo‘yiladi
Hukumatning “Nogironligi bo‘lgan bolalarga va odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) yoki hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlashni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Nogironligi bo‘lgan bolalar, odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) yoki hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga kompozit tartibida nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan bolalarga va odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) hamda orfan kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nafaqani kompozit tartibda tayinlash yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) hamda orfan kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni tegishli pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda bir vaqtning o‘zida nogironlik nafaqasi tayinlanadi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:
- nogironligi bo‘lgan bolalar hamda odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) hamda orfan kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etib borishni;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiya platformasi doirasida TIEK axborot tizimini Pensiya jamg‘armasi “Pensiya” axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
- odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) hamda orfan kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etib borishni;
- “Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari”, “Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan gematololgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika “Ona va bola” skrining markazi”lari axborot tizimini Pensiya jamg‘armasi “Pensiya” axborot tizimiga integratsiya qilishni ta’minlaydi.
Pensiya jamg‘armasi:
- Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida nogironligi bo‘lgan bolalar hamda odam immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) hamda orfan kasalliklariga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqalarini ushbu shaxslar ishtirokisiz tayinlab boradi;
- nafaqa oluvchi shaxslar vafot etganini Adliya vazirligining “FHDYo yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan axborot tizimlari o‘zaro integratsiya asosida aniqlab boradi.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
15:41 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga nafaqa va yordam 6 oyga tayinlanadi
09:12 / 10.01.2026