Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasi 2023 yilda iPhone ulagichini o‘zgartiradi
Amerikaning Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqi talab qilganidek, USB-C ulagichiga o‘tish uchun Lightning ulagichidan 2023 yildayoq voz kechadi. Bu haqda Bloomberg agentligi jurnalisti Mark Gurman xabar berdi.
«Apple ushbu qonunni bajarishga tayyorgarlik ko‘rdi. Kompaniya o‘zining eng mashhur gadjetlari uchun yangi ulagichga o‘tish muddatini osonlikcha tezlashtirdi. Masalan, iPhone 15 kelasi yil kuzdayoq USB-C ulagichi bilan ishlab chiqariladi. Bu belgilangan sanadan bir yil oldinroqdir», deb yozdi insayder.
Apple uchun Yevropa Ittifoqi talabi iPhone 16 e’lon qilinishi kutilayotgan 2024 yildan boshlab kuchga kiradi. Biroq Gurman, boshqa manbalar qatori, Apple kompaniyasi kelasi yildayoq ulagichni o‘zgartirishni rejalashtirayotganiga ishonchi komil.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqi talabiga bo‘ysunayotganini ochiqchasiga tan olmoqchi emas.
«Apple o‘z sabablariga ko‘ra USB-C ulagichiga o‘tishga qaror qilganini aytishni istayapti. Ishonchim komil, Apple buni tezkor quvvatlantirish va ma’lumotlarni tezkor uzatish, shuningdek, barcha gadjetlarni quvvatlantirishda yagona yondashuv muhimligi bilan izohlaydi», — deb xulosa qildi jurnalist.
Lightning ulagichi faqat Apple kompaniyasiga xos bo‘lib, boshqa ishlab chiqaruvchilarning gadjetlariga o‘rnatilmagan. Shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning quvvatlantiruvchi qurilmalaridan ham Apple kompaniyasi gadjetlarida foydalanish imkonsiz. USB-C universal ulagichiga o‘tish bunday noqulaylikka barham berilishini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026