Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Germaniyada kiberxavfsizlik idorasi rahbari Rossiya bilan aloqalari tufayli ishdan olinadi
Germaniyaning kiberxavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi idorasi rahbari Rossiya maxsus xizmatlari bilan ehtimoliy aloqalari tufayli o‘z lavozimidan chetlatiladi, deb xabar bermoqda nemis OAV.
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fazer Axborot xavfsizligi federal boshqarmasi (BSI) rahbari Arne Shyonbom o‘rniga boshqa nomzod topish niyatida. Bu haqda 10 oktyabr, dushanba kuni o‘z manbalariga tayanib, Germaniyaning Bild nashri yozdi. Bu ma’lumotni Handelsblatt va Der Spiegel manbalari ham tasdiqladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Fezer «iloji boricha tezroq» bo‘limning amaldagi rahbarini lavozimidan chetlatish niyatida, uning vazifalariga nemis kibermakonini hakerlik hujumlaridan himoya qilish kiradi. U 13 oktyabrga rejalashtirilgan BSI 2022 faoliyati to‘g‘risidagi hisobot taqdimoti hamda idora bilan birgalikda matbuot anjumanlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Shyonbomdan norozilik ZDF telekanalida surishtiruv e’lon qilinganidan keyin paydo bo‘lgan, unga ko‘ra mansabdor shaxs jurnalistlarning fikriga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlariga yaqin hisoblanuvchi Cyber-Sicherheitsrat Deutschland assotsiatsiyasi bilan aloqada bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Shyonbomni Germaniya qonunchiligining nyuanslari tufayli lavozimidan oddiygina bo‘shatib bo‘lmaydi, u boshqa idoraga o‘tkazilishi mumkin.
Bundestag deputatlari avvalroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Germaniyaga kiberhujumlar ko‘payganini ta’kidlagan edi – ular Germaniyadagi IT-xavfsizlik holatini «o‘ta keskin» deb ta’riflagan.
Xususan, may oyida rossiyalik hakerlar Germaniyadagi hukumat saytlariga bir qator DDoS-hujumlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi, Bundestag, federal politsiya va bir qator federal hududlarning politsiya xizmatlari portallari hujumga uchragan. Bundan tashqari, kansler Olaf Sholsning sayti vaqtincha ishlamay qoldi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagan Killnet hakerlik guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
2022 yilning yanvarida o‘zining mavjudligini rasman e’lon qilgan va oradan ko‘p o‘tmay Kremlga sanksiya qo‘ygan davlatlarga «urush» e’lon qilgan Killnet tashkilotidan farqli o‘laroq, eng mashhur xalqaro hakerlik guruhlaridan biri bo‘lgan Anonymous Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya tashkilotlari saytlariga hujum qilib kelmoqda.
25 fevral kuni Anonymous hakerlari RT kanaliga, mart oyida esa Rosneftning Germaniyadagi shu’ba korxonasi Rosneft Deutschland kompyuterlariga hujum qilishdi. Hakerlarning o‘ziga ko‘ra, kiberhujum natijasida 20 terabaytlik ma’lumotlar egallab olingan.
Bundan tashqari, belaruslik hakerlar - 2020 yilda mamlakatda o‘tkazilgan saylovlarda yuz bergan holatlar tufayli o‘z faoliyatini boshlagan «Kiberpartizanlar» guruhi Rossiya tajovuzkorligiga qarshi ochiq kurashmoqda. Ular Belarus temiryo‘l tizimiga bir nechta muvaffaqiyatli kiberhujumlarni amalga oshirib, Belarusda joylashgan rus qo‘shinlari uchun logistika muammolarini keltirib chiqardi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026