Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya hududida yangi hujumlar sodir bo‘lsa, qattiq reaksiya bildirilishini ma’lum qildi
Dushanba kungi ommaviy raketa hujumlaridan so‘ng, Putin Ukrainaga «Rossiya tahdidlari darajasiga mos keladigan» yangi zarbalar bilan tahdid qildi.
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik ahamiyatga ega Qrim ko‘prigi portlatilganidan ikki kun o‘tib, Ukrainani Rossiya hududida «terrorchilik hujumlari davom etsa» Moskva keskin munosabat bildirishidan ogohlantirdi. «Rossiyaning javoblari qattiq bo‘ladi va ko‘lami bo‘yicha RF tahdidlari darajasiga mos keladi», dedi u 10 oktyabr, dushanba kuni Rossiya Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan uchrashuvda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, 10 oktyabr kuni ertalab Rossiya «Ukrainadagi energetika, harbiy qo‘mondonlik va aloqa obektlariga yuqori aniqlikdagi, uzoq masofali havo-dengiz va quruqlikdagi aniq qurollar bilan katta zarba bergan».
8 oktyabr kuni ertalab minalangan yuk mashinasining portlashi natijasida Qrim ko‘prigi jiddiy shikastlandi. Bu yangilik Ukraina Telegram kanallarida keng ma’qullandi. Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu Qrim ko‘prigining portlatilganini olqishladi va «ushbu operatsiyani uyushtirgani aniq bo‘lib turgan» Ukraina maxsus amaliyot kuchlarini tabrikladi.
10 oktyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning muhim infratuzilmasiga yuzga yaqin raketalar otib, bir qator yirik shaharlarni elektr ta’minotidan uzib qo‘ydi va bir qancha elektr stansiyalarini vayron qildi. Ukraina tomoniga ko‘ra, Rossiya aviazarbalari natijasida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi jarohatlangan. G‘arb davlatlari Rossiyaning harakatlarini keskin qoraladi. Yevropa tashqi siyosiy xizmati vakili ularni «varvarlik», «qo‘rqoqlik» va «harbiy jinoyat»ga teng deb atadi.
Mavzuga oid
09:07
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
09:11 / 11.05.2026
Putin Shryoderni muzokarachi sifatida taklif qildi
14:17 / 10.05.2026