Jahon | 17:13 / 11.10.2022
17104
2 daqiqa o‘qiladi

London: Rossiyada urushni davom ettirish uchun o‘q-dorilar tugayapti

Britaniya kiberrazvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Putinning ko‘plab xatolari natijasida Rossiya armiyasida zaxiralar tugay boshlagan. Urushning oqibatlari tobora ko‘proq rossiyaliklarga bevosita ta’sir qilyapti.

Foto: AFP

Britaniya razvedka xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan urush olib borish uchun o‘z o‘q-dorilari zaxirasini amalda tugatgan. Bu haqda 11 oktyabr, seshanba kuni BBC radiostansiyasi efirida elektron razvedka bilan shug‘ullanuvchi Britaniya razvedka agentligi GCHQ rahbari Jyeremi Fleming ma’lum qildi.

«Biz va joylardagi rus qo‘mondonlari ham bilishadiki, ularning ta’minoti va o‘q-dorilari tugab bormoqda», - dedi Fleming. Bundan tashqari, asirlar va tajribasiz odamlarning urushga safarbar etilishi Rossiya armiyasidagi umidsiz vaziyatdan dalolat beradi, deb hisoblaydi kiberrazvedka rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘plab strategik xatolar va noto‘g‘ri hisob-kitoblarga yo‘l qo‘ydi, sababi u o‘z buyrug‘iga qarshi pozitsiyaga uchramaydi. Putin boshlagan urushning oqibatlari ruslar uchun ayon bo‘lmoqda, dedi Fleming: ular endi sayohat qila olmasligini tushunishyapti hamda zamonaviy texnologiyalardan mahrum bo‘lishyapti, shu sababli safarbarlikdan qochishyapti.

London Rossiya yadro qurolidan foydalanishga jiddiy tayyor ekanini o‘z vaqtida payqashga umid qilmoqda. «Umid qilamanki, agar ular (Rossiya rasmiylari) bunga qaror qilishsa, biz qandaydir alomatlarni ko‘ramiz. Lekin aniq aytaylik, agar ular bu variantni ko‘rib chiqsa, bu ko‘plab odamlar aytgan ma’noda - haqiqiy falokat bo‘ladi», - deb ogohlantirdi Fleming.

Ukraina Milliy xavfsizlik xizmati yadroviy zarba berish ehtimoli yo‘q deb hisoblaydi, ammo voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyorlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid