O‘zbekiston | 12:10 / 11.10.2022
11290
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda egizak chaqaloqlar ko‘proq qaysi hududlarda tug‘ilayotgani aytildi

Qaysi hududda eng ko‘p egizak chaqaloq tug‘ilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Thinkstock

2022 yilning yanvar–sentabr oylarida respublika bo‘yicha jami 14 803 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu - o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1011 taga ko‘p.
 
Hududlar kesimida tug‘ilgan egizak chaqaloqlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti – 1716 nafar.

Undan keyin o‘rinlarni mos ravishda 1532 nafar hamda 1376 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri egalladi.

Qolgan hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Namangan viloyati – 1345 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 1338 nafar;
  • Andijon viloyati – 1328 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 1259 nafar;
  • Toshkent viloyati – 1190 nafar;
  • Buxoro viloyati – 758 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 714 nafar;
  • Xorazm viloyati – 711 nafar;
  • Jizzax viloyati – 656 nafar;
  • Navoiy viloyati – 492 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 388 nafar.

Mavzuga oid