Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya narxlarni cheklovchi mamlakatlarga energiya resurslarini yetkazib bermaydi
Rossiya o‘z hisobidan «birovning farovonligi» uchun pul to‘lamaydi, dedi prezident Vladimir Putin.
Moskva Rossiya energetikasiga narx cheklovlari kiritadigan mamlakatlarga energiya resurslarini yetkazib berishdan bosh tortadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi va agar chegara o‘rnatiladigan bo‘lsa, yetkazib berishni davom yettirishni aqlga zid deb atadi.
«Rossiya birovning farovonligi uchun o‘z hisobidan pul to‘lab, sog‘lom fikrga zid harakat qilmaydi. Biz narxni cheklaydigan davlatlarga energiya resurslarini yetkazib bermaymiz», — dedi Putin Rossiya energetika haftaligi forumida.
Sentyabr oyida AQSh moliya vaziri Janet Yyellen Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga narx chegarasini joriy etish Rossiya budjeti daromadlarini minimallashtirishning eng yaxshi yo‘li deb bilishini aytgan edi.
Avvalroq, G7 davlatlari 5 dekabrdan boshlab Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini joriy etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
5 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kelishib oldi, u Rossiya neftini uchinchi mamlakatlarga belgilanganidan yuqori narxda tashishni taqiqlaydi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026