O‘zbekiston | 15:30 / 12.10.2022
3222
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi «muloqot forumi»da nutq so‘zlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-14 oktabr kunlari Ostonada o‘tkaziladigan xalqaro sammitlarda ishtirok etadi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ulardan biri - Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti — mintaqa mamlakatlari o‘rtasida «muloqot forumi» sifatida tanilgan. 

Uning asosiy maqsadi — Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishiga qarshi kurashish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.   

Sammitda Osiyo mintaqasining deyarli barcha davlat yoki hukumat rahbarlari ishtirok etadi. U xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha noyob muloqot maydoniga aylanadi.

Bugunga qadar 51 ta delegatsiya rahbarlari sammitda ishtirok etishini tasdiqlagan. Ularning 12 nafari davlat rahbarlaridir. 

Xususan, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Rossiya, Iroq, Eron, Qatar, Falastin kabi mamlakatlar prezidentlari sammitda qatnashadi. Markaziy Osiyo mintaqasidan esa faqatgina Afg‘oniston ishtirok etmayapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid