Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Ukraina va Rossiyani muzokaralarga qaytishga chaqirdi
Vladimir Putin «bu urushni tugatishi kerak», deb ma’lum qildi Emmanuel Makron. Ukraina esa o‘z hududiy yaxlitligi masalalarini mustaqil hal qilishi lozim, deb hisoblaydi Fransiya prezidenti.
Foto: AFP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kiyev va Moskvani muzokara stoliga qaytishga chaqirdi. Ukrainaning hududiy yaxlitligi kabi urush maqsadlariga faqat harbiy yo‘l bilan erishish mumkinmi, degan savol tug‘iladi, dedi Makron 12 oktyabr, chorshanba kuni France 2 telekanaliga bergan intervyusida.
«O‘ylaymanki, qaysidir nuqtada muzokaralar stoliga qaytish Rossiya va Ukraina manfaatlariga mos keladi», — dedi Fransiya prezidenti. Shuningdek, u istalgan vaqtda Rossiya prezidenti bilan yana suhbatlashishga tayyor ekanligini aytdi. «Qachon kerak bo‘lsa, men Vladimir Putin bilan gaplashaman», - dedi Emmanuel Makron. Uning qayd etishicha, Putin «bu urushni tugatishi» va «Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi» kerak.
Shu bilan birga, Ukraina, Makronning so‘zlariga ko‘ra, hududiy yaxlitligi bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal qilishi kerak. «Biz (Fransiya va boshqa G‘arb davlatlari) unga qurol-yarog‘ yetkazib berganimiz asosida qaror qabul qila olmaymiz», deb ta’kidladi Emmanuel Makron.
France 2 telekanalida Makron, shuningdek, Fransiya Daniya bilan Ukrainaga «Ukrainani raketa zarbalari va dronlardan himoya qilish uchun» qo‘shimcha oltita Caesar gaubitsalari va zenit raketalarini yetkazib berish bo‘yicha ish olib borayotganini aytdi. Unga ko‘ra, Kiyevga yangi harbiy yordam «yaqin haftalarda» yetib boradi. U aniq qancha raketa berilishiga aniqlik kiritmagan.
Avvalroq Le Monde gazetasi Caesar gaubitsalari dastlab Daniya uchun mo‘ljallangani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik tomonlar ta’minotdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida kelishib oldilar.
Ukraina oktyabr oyi boshida Vladimir Putin bilan har qanday muzokaralarni rasman rad etdi. Bundan oldin prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina «muzokaralar sa’y-harakati bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi» degandi. «Aynan bizning davlatimiz Rossiyaga har doim teng, halol, munosib va adolatli sharoitlarda birga yashash haqida kelishib olishni taklif qilgan. Shubhasiz, Rossiyaning bu prezidenti bilan ushbu maqsadga erishish mumkin emas», - dedi Zelenskiy.
Ukrainaning Putin bilan muzokaradan bosh tortganiga javoban uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunday dedi: «Biz Ukrainaning amaldagi prezidenti pozitsiyasi o‘zgarishini kutamiz yoki Ukraina xalqining pozitsiyasini o‘zgartiradigan keyingisi bilan muzokaralar olib boramiz».
Mavzuga oid
22:54 / 22.01.2026
Makronning ko‘zoynagi iVision Tech kompaniyasi qiymatini 4 million dollarga oshirdi
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026