Jahon | 22:44 / 14.10.2022
9375
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda tashlab yuborilgan telefonlar soni 5 milliarddan oshadi 

Atrof-muhit muammolari bilan shug‘ullanuvchi WEEE Forum nodavlat tashkiloti 2022 yilda 5,3 milliard smartfon va mobil telefonlar elektron chiqindiga aylanishini aniqladi. 

Foto: Getty Images

The Register xabariga ko‘ra, WEEE Forum bunday statistikani 14 oktyabrga belgilangan Xalqaro elektron chiqindilar kuni munosabati bilan e’lon qilgan. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 5,3 milliard bugungi kunda butun dunyoda foydalaniladigan mobil qurilmalar umumiy sonining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Tasavvur qilish uchun, agar barcha eskirgan telefonlar va smartfonlar ustma-ust qo‘yib chiqilsa, taxminan 50 ming km balandlikdagi minoraga aylanadi. Bu ko‘plab Yer sun’iy yo‘ldoshlarining parvoz balandligidan oshadi. 

Shu bilan birga, WEEE Forum tomonidan 9 mingga yaqin oilalar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, odamlarning 46 foizi eski mobil qurilmalarni kelajakda ham foydalanish umidida saqlab qo‘yishadi. 15 foiz odam eski gadjetlarni sotish yoki kimgadir berish uchun qoldirishadi. Taxminan 13 foizi hissiy sabablarga ko‘ra mobil telefonlardan ajralishni istamaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid