Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish yana kechiktirildi
Tashlanmalarning zararlik darajasiga qarab avtomobilga yashil, sariq yoki qizil stiker berilishining joriy etilishi 2026 yil 1 yanvar qilib belgilandi.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Hukumat qarori (.pdf) bilan avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini qisqartirish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimini joriy etish muddati yana o‘zgartirdi. Yangi muddat 2026 yil 1 yanvar qilib belgilandi.
Qayd qilinishicha, «Ekologik transport» tizimi:
- birinchi bosqichda (2025 — 2027 yillarda) — Toshkent shahrida;
- ikkinchi bosqichda (2028 — 2030 yillarda) — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);
- uchinchi bosqichda (2031 — 2034 yillarda) — boshqa barcha hududlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qarorda belgilanishicha, avtotransportning ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholash uchun ishlab chiqaruvchining ekologik sinf («Yevro») haqidagi ma’lumotlari qo‘llaniladi.
Ekologik sinfga mansubligini aniqlash imkoni bo‘lmagan transport vositalarining normativlarga mosligi Ichki ishlar vazirligining «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan diagnostika tekshiruvidan o‘tkaziladi va aniqlanadi.
Tashlanmalarning zararlik darajasiga qarab avtomobilga yashil, sariq yoki qizil stiker beriladi.
Dastlab ekostikerlarni joriy etishni 2024 yil 1 iyunidan boshlash rejalashtirilgan, biroq keyinroq hukumat bu jarayonni 2025 yil 1 martga ko‘chirgan edi.
Mavzuga oid
11:16
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026