Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistondagi kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalarga grantlar ajratadi
Buxoro viloyati delegatsiyasi Malayziyada O‘zbekiston ziyorat turizmi va madaniy merosini targ‘ib etish masalalarini muhokama qildi.
Malayziyaga amaliy safar bilan borgan Buxoro viloyati hokimligi delegatsiyasi O‘zbekiston ziyorat turizmi elchisi, Perlis shtati muftiysi Mohd Asri Bin Zaynul Obidin va Islom san’ati muzey rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralar natijasida ziyorat turizmi elchisi Mohd Obiddinning «Ziyorat turizmi haftaligi»da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Malayziya Islom san’ati muzeyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda moddiy-madaniy obektlarining qo‘shma ko‘rgazmalarini tashkil etish orqali islom olami ilmiy va madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Kuala-Lumpur shahridagi Islom san’ati muzeyida «O‘zbekiston – islom madaniyati markazi» mavzusida ekspozitsiya tashkil etish va Buxoro viloyatidagi muzeylarning Sharq miniatyura va artefaktlari ko‘rgazmalari konsepsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Malayziya tomoni 2023-2024 o‘quv yili uchun O‘zbekistondagi kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan iqtidorli talabalarga Al-Buxoriy xalqaro universiteti bakalavriat yo‘nalishida tahsil olishlari uchun grantlar ajratish, muzey boshqaruvi mutaxassislari ishtirokida malaka oshirish bo‘yicha seminar va treninglar tashkil etishga tayyor ekanini ham ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
10:31 / 31.05.2026