Qozoğiston Rossiyada safarbarlik e’lon qilingaç boşlangan yangi emigratsiya tölqinining asosiy yönalişiga aylandi. Mamlakat içki işlar vazirligiga köra, bir oydan kamroq vaqt içida Qozoğistonga 200 mingga yaqin rossiyalik kirib kelgan. Ulardan qançasi Qozoğistonda qolişi, qançasi boşqa davlatga yöl olişi va yana qançasi turli sabablarga köra Rossiya Federatsiyasiga qaytişi mumkinligini taxmin qiliş qiyin. Ammo Qozoğiston köplab ruslar öz hayotini imkon qadar tezroq va oldindan öylangan rejasiz qayta tiklaşi kerak bölgan joyga aylanib böldi. «Meduza» naşri Qozoğiston çegarasini kesib ötgan va hozirda şu davlatda bölib turgan rossiyaliklar bilan suhbatlaşdi.

Vlad Xabarovsk ölkasidan. U safarbarlik e’lon qilinga, Olmaotaga kelgan
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»

***

Men Belgorod şahrida yaşar edim. U yerga doimo raketalar kelib tuşadi, dronlar uçib keladi, portlaşlar yuz beradi. Biz ketişga qaror qildik, ammo moliyaviy ahvolimiz yaxşi emasdi, şu sabab mablağni tejaş maqsadida qoldik. Men uçinçi guruh nogironiman va harbiy xizmatga yaroqsizman. Ammo odamlar ba’zi noxuş narsalar haqida gapira boşladi. Aytişlariça, harbiy komissariatdagilar keçqurun kelişadi va heç nimani eşitmasdan olib ketib, qayergadir yuborişadi. Hatto siz xizmatga yaroqsiz bölsangiz ham buni öşa yerda tuşuntirişingiz kerak böladi. Natijada men va xotinim heç qanday tejamkorliksiz ketişga qaror qildik. Ayolim hozir ham qattiqroq ovozlardan seskanib tuşadi.

***

Men Qozoğistonga Omsk-Ostona poyezdida keldim. Çegara postida poyezdga çegaraçi kirdi. Yuragim qattiq ura boşladi, lekin xotirjamlikni saqlaşga harakat qildim. Bir çegaraçi mening hujjatlarimni tekşirayotganda qöşni örindiqdagi kişiga «Narsalaringizni yiğiştiring, sizga Rossiya Federatsiyasini tark etiş taqiqlangan» deyişdi. Men unga bu xabarni deyarli darhol, heç qanday savollarsiz aytişganini kördim va xotirjam böldim. Çunki ular mening hujjatlarimni bir neça daqiqadan beri tekşirayotgandi, demak men röyxatda emasman.

Albatta, sizni emas, boşqa birovni olib ketayotganlaridan xursand böliş dahşatli tuyğu. Bu vagondagi hamma özi uçun qayğurardi. Barça öşa yigitni indamay kuzatdi.