Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgorodda nimstansiyaga berilgan zarbadan keyin elektr ta’minoti tiklandi
Belgorodda otishma natijasida elektr podstansiyasi yonib ketdi. Shaharning bir qismi bir necha soat davomida quvvatsiz qolgan.
Ukraina chegarasi yaqinida joylashgan Belgorodda 14 oktyabr, juma kuni sodir bo‘lgan zarba oqibatida elektr podstansiyasi shikastlangan. Shaharning bir qismi elektr energiyasiz qoldi, dedi Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov.
«Belgorod o‘qqa tutilgandan so‘ng 110 kVt quvvatga ega podstansiya yonib ketdi. Biz oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etishga harakat qilamiz. Zaxira manbaga o‘tishning taxminiy vaqti 4 soatgacha. Suv ta’minoti normal, nasoslar boshqa elektr uzatish liniyalariga o‘tdi», deb yozdi Gladkov.
«Belgorodenergo» korxonasi aniqlik kiritishicha, yong‘in «Dubovoye» podstansiyasida sodir bo‘lgan. Moskva vaqti bilan soat 20:05 holatiga ko‘ra, yong‘in o‘chirildi, mutaxassislar stansiyani qayta ulashga kirishdilar, deb yozadi Gladkov. Moskva vaqti bilan soat 21:00 da elektr energiyasi yana berila boshlandi.
Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda podstansiyaga berilgan zarba aks etgan videolar hamda yong‘in tasvirlangan kadrlarni joylashtirgan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri chegaradagi Belgorod oblasti vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutilyapti. Rasmiy Kiyev Ukraina tomonining ularga aloqadorligini tasdiqlamayapti yoki inkor etmayapti. Mintaqada terroristik xavfning sariq darajasi mavjud. Zarbalarning kuchayishi fonida 17 oktyabr kuni mintaqada maktab o‘quvchilarining navbatdan tashqari ta’tillari boshlanadi.
Mavzuga oid
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:08 / 14.05.2026
Putin Belgorod va Bryansk rahbarlarini lavozimdan oldi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026