Belgorod viloyati rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib Aleksandr Şuvayev tayinlandi. U Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan va 2025 yil iyunida uruş qatnaşçilaridan yangi boşqaruv kadrlarini tayyorlaşga qaratilgan “Vremya geroyev” davlat dasturi iştirokçisi bölgan. Şu yil yanvar oyida esa Irkutsk viloyati gubernatori örinbosari lavozimiga kelgan.
Bryansk viloyati rahbari vazifasini vaqtinça bajariş Yegor Kovalçukka topşirildi. U Rossiya prezidenti huzuridagi davlat xizmati akademiyasining (“gubernatorlar maktabi” deb ataladi) bitiruvçisi hisoblanadi. Kovalçuk 2019–2022 yillarda Çelyabinsk viloyati gubernatori örinbosari bölib işlagan. 2024 yilda esa Rossiya bosib olgan Ukraina hududida taşkil etilgan özini “Luxansk xalq respublikasi” deb atayotgan tuzilmaning “hukumat rahbari” etib tayinlangan.
Rossiya OAV ma’lumotlariga köra, lavozimidan ketgan Vyaçeslav Gladkov iqtisodiy rivojlaniş vaziri örinbosari yoki qisman tan olingan Abxaziyada Rossiya elçisi bölişi mumkin. Aleksandr Bogomaz esa “Yedinaya Rossiya” partiyasidan Davlat dumasi deputati bölişi ehtimoli aytilmoqda.
Belgorod va Bryansk viloyatlari Rossiyaning Ukrainaga qarşi töliq masştabli uruşi davomida bir neça bor hujumlarga uçragan.
Belgorod viloyatida 2026 yil yanvar va fevral oylaridagi zarbalar ortidan yirik elektr uzilişlari kuzatilgan. Mart oyida esa şahar kuçli raketa hujumiga duç kelgan. Gladkov ma’lumotiga köra, uruş boşlanganidan beri viloyatda 320 kişi halok bölgan, 2,5 ming kişi yaralangan.
Bryansk viloyati ham bir neça bor dron hujumlariga uçragan. Xususan, 2024 yil dekabrida dron zarbasi oqibatida neft quvuriga tegişli obektda yonğin çiqqan. ASTRA Telegram-kanali bu “Drujba” neft quvurining quyiş punkti bölganini xabar qilgan.
2024 yil dekabrida Putin Ukraina bilan çegaradoş yana bir hudud — Kursk viloyati rahbarini ham almaştirgan edi. Aleksey Smirnov örniga Aleksandr Xinşteyn tayinlangan. OAV ma’lumotlariga köra, Kreml Ukraina Qurolli kuçlarining hujumi vaqtida Smirnovning harakatlaridan norozi bölgan.
Putin Belgorod va Bryansk rahbarlarini lavozimdan oldi
16:08 / 14.05.20265 7683 min
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 may kuni Belgorod va Bryansk viloyatlari gubernatorlari - Vyaçeslav Gladkov hamda Aleksandr Bogomazning iste’fosini qabul qildi. Rasmiy ma’lumotga köra, ular lavozimini “öz xohişiga köra” tark etgan.

















