Fan-texnika | 23:34 / 17.10.2022
60957
2 daqiqa o‘qiladi

Apple AQSh sanksiyalari tufayli iPhone qismlarini o‘zgartirdi 

Apple siyosiy bosim tufayli iPhone konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldi. 

Foto: Getty Images

Amerika kompaniyasi o‘z smartfonlarida Xitoyda ishlab chiqarilgan qismlardan foydalanishni rejalashtirgan, bu Yangtze Memory Technologies (YMTC) kompaniyasining 128 qatlamli NAND xotira modullari edi.  

Qayd qilinishicha, Apple ehtiyot qismlarni o‘z qurilmalarida ishlatish uchun sertifikat olgan, biroq oxirgi lahzada bu g‘oyadan voz kechgan. 

«Mahsulotlar sinovdan o‘tdi, biroq yangi iPhone ishlab chiqarishda ulardan foydalanilmadi», dedi manba.  

Insayderlarning fikriga ko‘ra, iPhone qismlarining o‘zgartirilishiga AQSh hukumatining bosimi sabab bo‘lgan. U YMTC kompaniyasini Xitoy hukumatiga aloqadorlikda gumonlagan.  

7 oktabr kuni Vashington YMTC kompaniyasini «tasdiqlanmagan» deb nomlangan ro‘yxatga qo‘shdi – Amerika kompaniyalari bu ro‘yxatdagi firmalar bilan hamkorlik qila olmaydi. Shuningdek, AQSh hukumati YMTC kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishi ham ehtimoldan xoli emas. 

Apple global miqyosda sotiladigan smartfonlar uchun YMTC qismlaridan foydalanishni rejalashtirgan edi. Kompaniya davlat tomonidan subsidiyalangani sababli, xotira modullari narxi raqobatchilarnikidan kamida 20 foizga arzon edi. 

Oktabr oyi o‘rtalarida jurnalistlar iPhone 14 Pro Max tannarxi 501 dollarni tashkil etishini aniqladilar, bu esa iPhone 13 Pro tannarxidan 20 foizga qimmat. Qurilma chakana savdoga 1099 dollar narxda chiqarilgan. 

Mavzuga oid