Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts jamg‘armasi poliomiyelitga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar xayriya qiladi
Bill va Melinda Geyts fondi poliomiyelitga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar xayriya qiladi.
Yangi moliyaviy majburiyat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan poliomiyelitga barham berish bo‘yicha Global strategiyani qo‘llab-quvvatlaydi, uning maqsadi so‘nggi ikki endemik davlat — Pokiston va Afg‘onistonda yovvoyi poliovirusni yo‘q qilish va virusning yangi variantlari tarqalishini to‘xtatish. Ilgari jamg‘arma ushbu strategiyaga deyarli 5 milliard dollar sarmoya kiritgan edi.
Bill Geytsning ta’kidlashicha, poliomiyelitga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, kasallik hamon xatarli bo‘lib qolmoqda.
Strategiyani amalga oshirish uchun umumiy hisobda 4,8 milliard dollar miqdorida mablag‘ talab etiladi. Bunday holda, har yili poliomiyelitga qarshi vaksinalar va boshqa muhim sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan 370 million bolani ta’minlashga erishish mumkin.
Bill Geyts boshqa sarmoyadorlarni ham poliomiyelitni yo‘q qilish strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Poliomiyelit — o‘tkir shol kasalligi bo‘lib, asab tizimi, ayniqsa, orqa miyani shikastlaydi. Asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bu kasallikning yuqish xavfi yuqori hisoblanadi. Kasallikning yagona manbasi — xastalikning yengil yoki yashirin shakli bilan og‘rigan bemordir. Shuningdek, poliomiyelit virusi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaganda, og‘iz orqali, iflos qo‘l, virus bilan zararlangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar, ba’zan havo-tomchi yo‘li orqali ham yuqadi. Bu kasallikning hech qanday davosi yo‘q va poliomiyelitga qarshi emlash bolalarni himoya qilishning yagona xavfsiz va samarali usulidir.
Bu kasallikka chalinish O‘zbekistonda oxirgi marta 1995 yilda qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:24 / 05.02.2026
Bill Geytsning sobiq rafiqasi uni Epshteyn fayllari bilan bog‘liq «savollarga javob berish»ga chaqirdi
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
07:45 / 17.11.2025
Bill Geyts: sun’iy intellekt atrofida «dotkomga o‘xshash pufak» yuzaga kelgan
22:17 / 08.05.2025