Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar parlamentga yuborilishidan oldin muhokamaga qo‘yilishi to‘xtatiladi
“Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi 4 ta moddadan iborat bo‘lib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Budjet kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
29- va 97-moddalarda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Oliy Majlis palatalariga yuborilishidan oldin ular jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi amaliyotiga chek qo‘yilmoqda.
50- va 51-moddalarda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va chet davlatlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qaytariladigan asosiy qarz summasi daromad sifatida qabul qilinmasligi belgilanmoqda. 50-moddada davlat budjetiga yo‘naltiriladigan davlat bojlari davlat budjeti daromadlari shakllantirish manbasi sifatida kiritilmoqda.
52-moddada mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha moliya yilidan oldingi yil 1 iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi soni respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq Qoraqalpog‘iston respublika budjetiga, viloyatlar budjetlariga va Toshkent shahar budjetiga to‘liq hajmda o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
21:00 / 11.01.2026