O‘zbekiston | 12:12 / 17.10.2022
3301
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya Buxoroda halol sertifikatlashtirish bo‘yicha mutaxassislar markazi ochadi

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) bosh direktori Hakima Mohd Yusuf va ushbu mamlakatda bo‘lib turgan Buxoro viloyati delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qiluvchi («HALAL» sertifikatini beruvchi) va ular faoliyatini sertifikatlovchi davlat organi hisoblanadi. JAKIM tarkibida «Latihan Islam» instituti tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar JAKIM sertifikatlari Malayziyada tan olingan dunyoning 46 davlati milliy sertifikatlashtirish organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Malayziya tomoni o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan, Buxoro viloyatida halol sertifikatlashtirishni amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar markazini ochish taklifini ko‘rib chiqishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha JAKIM Islom taraqqiyoti departamentiga O‘zbekiston rasmiy arizasini topshirish va Malayziya tomoni bilan birgalikda halol sertifikatlashtirishni amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar markazi tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid