Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda minglab odamlar Makron siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi
Jan-Lyuk Melanshonning so‘l partiyasi narxlarning oshishi va hukumatning iqlim bo‘yicha harakatsizligiga qarshi marshga chaqirdi.
Foto: Getty Images
16 oktyabr, yakshanba kuni o‘n minglab odamlar Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron siyosatiga qarshi namoyish o‘tkazish uchun ko‘chalarga chiqdi. Jan-Lyuk Melanshonning so‘l partiyasi yashash narxining oshishi va hukumatning iqlim inqirozi bo‘yicha harakatsizligiga qarshi namoyish o‘tkazishga chaqirdi.
Fransiyaning BFM TV telekanali tashkilotchilarga tayanib xabar berishicha, Fransiya poytaxti ko‘chalariga 140 mingga yaqin namoyishchi chiqqan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni 30 mingga yaqin bo‘lgan.
Fransiyadagi vaziyat bir necha kundan beri juda tarang, deya qayd etadi dpa agentligi. Maoshni oshirishni talab qilgan neftni qayta ishlash zavodi ishchilarining ikki haftadan ortiq davom etgan ish tashlashi tobora kuchayib borayotgan yonilg‘i taqchilligiga olib kelmoqda. Ba’zi yonilg‘i quyish shoxobchalarida uning narxi bir litri uchun uch yevroga yetgan.
Rasmiylar vaziyat 2018 va 2019 yillardagi «sariq jiletlilar» noroziliklariga o‘xshash namoyishlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda, ular esa qisman yonilg‘i solig‘i oshishi tufayli ro‘y bergan.
Mavzuga oid
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
13:37 / 14.03.2026