Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdagi sammiti o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Turkiya ekspertlari ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) «O‘zbekiston va Turkiya tahlil institutlari o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichi» mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ekspertlar joriy yilda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani 30 yilligi va Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdagi sammitiga alohida e’tibor qaratdi.
Turkiy davlatlar tashkiloti birinchi sammiti hamkorlik yangi istiqbollarini muhokama qilish va aniq takliflar ishlab chiqishda muhim voqea bo‘lishi ta’kidlandi.
Tadbir davomida MOXI va Turkiya tahlil markazlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi sheriklikni siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yanada kengaytirish masalalarini ekspertlar darajasida ko‘rib chiqishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
08:53 / 23.06.2026